IUTda “Microsoft ta’limda” seminar o‘tkazildi
01.02.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2018-yilning 30-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inxa universiteti (IUT)da “Microsoft ta’limda” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminar “Microsoft” korporatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda “UZINFOCOM” MChJ tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda vazirlik va idoralar, shuningdek, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan vakillar ishtirok etdilar.

Seminar davomida “Microsoft” kompaniyasining ta’lim sohasi bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Nurlan Jonibek Amerika korporatsiyasining ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalari haqida so‘zlab berdi, bu esa o‘z navbatida, ta’lim sifatini oshirish imkonini beradi.

Markaziy va Sharqiy Yevropada “Microsoft” ta’lim sohasining rahbari Teodora Varbanova dunyoda va O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, u “Microsoft”ning IT-ta’lim sohasidagi turli tashabbuslari va loyihalari, jumladan, bu sohaga qizlarni jalb qilish haqida gapirib berdi.

Tadbir ishtirokchilari maktablar va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil qilishda innovatsion yechimlarni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. “Microsoft” dasturlari yordamida ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari bo‘yicha hamkorlik qilib, birgalikda takomillashtirishlari mumkinligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, Amerika Korporatsiyasi nogironlar uchun ta’limni tashkil etish va bolalarni xorijiy tillarga, shuningdek, boshqa fanlar sohasida o‘qitish bo‘yicha yechimlar taklif qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq