Andijonda ham dron “ucholmadi”
31.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi havo hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 26-noyabrdagi 322-sonli qaroriga muvofiq, respublikamiz hududiga 2015-yil 1-yanvardan boshlab uchuvchisiz uchish qurilmalarini olib kirilishi taqiqlangan.

Ammo ayrim fuqarolar tomonidan videotasvirga tushirish uchun mo‘ljallangan kamerali uchuvchisiz uchish apparatlari (dron)ni olib kelish holatlari kuzatilmoqda.

Yaqinda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi xodimlari tomonidan Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan fuqaro M.Mahmudbekov belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, ushbu fuqaro noqonuniy ravishda uchuvchisiz uchish apparatini olib kelayotganligi aniqlandi.

U o‘zi bilan olib kelayotgan ushbu uskunani yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmagan bo‘lsada, zamonaviy rentgen apparatlaridagi tasvirlar uning qo‘l yuklari orasida dron yashirilganini oshkor etdi.

Hozirda mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan ma’muriy ish yuritilib, sud organlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu haftada Davlat bojxona qo‘mitasi Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi ham Urganch xalqaro aeroportida uchuvchisiz uchish apparati olib kirilishining oldi olinganligi haqidagi xabarlarni tarqatgan edi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq