Raqamli televideniye Buxoro viloyatida
30.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning ko‘pgina rivojlangan davlatlari qatorida, yer ustki analog televideniyesidan yer ustki raqamli televideniyesiga o‘tishni davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud teleeshittirishlarni zamonaviy raqamli tizimga almashtirish orqali raqamli television eshittirish tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekistonda raqamli televideniyega o‘tishning ilk davrlarida raqamli televideniyening DVB-T standarti qo‘llanilgan edi. Yillar davomida televideniye rivojlanib, raqamli televideniyening DVB-T standarti takomillashtirilib, DVB-T-2 standarti yaratilishi bilan mamlakatda ham ushbu standartdagi teleuzatgichlar o‘rnatila boshlandi. Hozirda investitsiya loyihalari asosida respublikamizda DVB-T-2 standartidagi raqamli teleuzatgichlar o‘rnatildi.

Raqamli teleuzatishga o‘tish – mamlakatimiz televideniyesining rivojlanishidagi muhim bosqichidir. 2017-yil 14-dekabrda UZDIGITAL TVning Buxoro shahridagi, Bahouddin Naqshbandiy ko‘chasi 40-uyda joylashgan sotuvlar va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofisi o‘z ish faoliyatini boshladi. Bu yerda mijozlar raqamli televideniyega ulanish uchun uskunalarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. DVB-T2 raqamli standarti tufayli tomoshabinlar sifatli tasvir va ovoz bilan ta’minlandi. Kompaniya xizmatlari uchun to‘lovlarni PAYNET, CLICK, UZCARD, PayMe, U-PAY, MBANK to‘lov tizimlari, shuningdek, “Aloqa Bank”, “Ipak Yo‘li Banki” vа “Ipoteka Bank” orqali amalga oshirishlari mumkin. Telekanallar paketida 65 ta telekanal: 21 ta milliy va 44 ta xorijiy telekanal mavjud.

Bugungi kunda Buxoro viloyatida «UZDIGITAL TV» kompaniyasi 3 ta “Ekonom”, “Standart” va “Miks” telekanallar paketi asosida faoliyat yuritmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq