“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
29.01.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Xotirangiz qalblarda mangu” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Respublika axborot-kutubxona markazi Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazi “Huquqiy axborot” bo‘limi mutaxassisi, siyosatshunos Ma’ruf Nig‘manovich Usmonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Jahon adabiyoti” jurnali bo‘lim boshlig‘i, shoir, tarjimon Davron Jabborovich Radjabov va Kompaniyaning mehnat jamoasi ishtirok etdilar.

Ma’ruzachilar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayot yo‘li, milliy davlatchilikni qurishdagi tarixiy roli va ulkan hissasi haqida gapirib berdilar. Shu bilan birga, Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan fotosuratlar namoyish etildi.

Tadbir doirasida Islom Karimovning ijtimoiy-siyosiy mavzularda yaratgan asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq