«Mirzo Ulugbek Innovation Center» rezidentlari «INDIASOFT 2018» dasturiy ta’minot yirik xalqaro ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar
29.01.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

15 kishidan iborat delegatsiyani veb-saytlar va mobil ilovalar, CRM-tizimlari ishlab chiqarish bo‘yicha, jumladan, «UzCard», «Unicon Soft», «Online Service Group», «Webline», «Suvan Net», «SSP-Maroqand», «Technologies of Business Processes Navoi», «Avars Plus», «Green White Solutions» kabi IT-kompaniyalar vakillari va boshqalar tashkil etdi, ma’lum qildi Bekzod Yusupov, UzNews.uz.

INDIASOFT – bu Hindistonning IT-xizmatlari yetkazib beruvchilari va butun dunyoda katta muvaffaqiyatga ega bo‘lgan xalqaro xaridorlar uchun yagona IT texnologiyalari ko‘rgazmasidir. Ishtirok etuvchi kompaniyalarning qiziqishi AT-sanoatning asosiy segmentlari: dasturiy ta’minot, bulutli texnologiyalar, biznes xizmatlar servislari, elektron xavfsizlik, o‘yin va ko‘ngilochar dasturlarga qaratilgan.

Ta’kidlash joizki, ko‘pgina Yevropa va Amerika autsorsing IT-kompaniyalari Hindistonni autsorsing xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha asosiy yetkazib beruvchi deb hisoblaydilar. Tasavvur qiling: faqat Hindiston jahondagi autsorsing biznes-jarayonlarining 65 foizini amalga oshiradi. Shuning uchun ham Hindistonda juda ko‘p iqtidorli va malakali kadrlar resurslari mavjudligiga shubha yo‘q.

Bu yilgi an’anaviy ko‘rgazma 24-25 yanvar kunlari Bangalor shahrida bo‘lib o‘tdi, u mamlakatning eng yirik ilmiy va ishlab chiqarish markazi bo‘lib, Osiyodagi eng jadal rivojlanayotgan shaharlardan biri sanaladi. Bundan tashqari, Bangalorda ko‘plab IT-kompaniyalari mavjudligi tufayli «Hind silikon vodiysi» deb ataydilar.

«INDIASOFT 2018» 16-ko‘rgazmasida dunyoning 75 mamlakatidan 150 dan ortiq mahalliy kompaniya va 400 dan ortiq tashrifchilar ishtirok etdi.

O‘zbekiston vakillari ikki kun mobaynida Hindistonning dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari, shuningdek, boshqa mamlakatlardan kelgan hamkasblari bilan tanishdilar.

Vakillarimiz, albatta, Hindistonda IT-bozorining sezilarli rivojlanganligini his etdilar, biroq ular Hindistonning IT-autsorsing xizmatidagi kamchiliklarini ham sezdilar. Kompaniya stendlarida namoyish etilgan dasturiy mahsulotlar batafsil o‘rganilgandan so‘ng o‘zbekistonliklar mamlakatimiz tizimlari – juda raqobatbardosh ekanligini anglab yetdilar. Bundan tashqari, zamonaviy jahon kompaniyalari foydalanadigan asosiy texnologiyalar va vositalar ishlanmalari O‘zbekistonda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.

«Eng muhimi, ko‘rgazmada Hindiston kompaniyalari texnologiyalari va imkoniyatlari bilan tanishib,ushbu safardan keyin yaxshiroq ishlay olishimizga ishondik va xalqaro miqyosda raqobatlasha olamiz, degan fikrni angladik, — dedi, Technologies of Business Processes MCHJ kompaniyasi asoschisi va rahbari, Baxtiyor Ruzimatov, — Hindiston hatto butun dunyoda IT sohasida rivojlangan mamlakat sifatida tan olingan bo‘lsa ham, biz texnologiyalarni yanada yaxshiroq ishlab chiqa olamiz. Bizga faqat xalqaro tajriba yetishmayapti, barchasi qanday yaratilganligini ko‘rish uchun mazkur ko‘rgazmaga yuborilganimiz juda ajoyib bo‘ldi, sababi yanada yaxshiroq ishllash imkoniyatga ega bo‘ldik».

Shuningdek, Avars Plus MCHJ dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘limi rahbari Ilya Vilchik o‘z ta’sirotlarini biz bilan bo‘lishdi: «INDIASOFT 2018» ko‘rgazmasiga tashrifim men uchun juda qiziqarli va samarali bo‘ldi. Hindiston IT-kompaniyalarining ilg‘or texnologiyalari bilan tanishib chiqdim va ularni ham hayratga soladigan ishlanmalarimiz mavjudligini va yanada ilg‘or yechimlarimizni taklif qilib, ular bilan hamkorlik qila olishimiz, shuningdek, ular taqdim etilayotgan ba’zi g‘oyalaridan foydalanishimiz mumkin degan xulosaga keldim. Shubhasiz, bunday ko‘rgazmalar fikrlash chegaralarini kengaytiradi va yangi qiziqarli g‘oyalarni amalga oshirishga ilhomlantiradi. Albatta, ishtirokchi mamlakatlarning turli kompaniyalari vakillari bilan aloqalar o‘rnatishga muyassar bo‘ldik. O‘zbekiston delegatsiyasi safida qiziqarli intiluvchan kishilar bilan tanishganimdan, ayniqsa, juda xursand bo‘ldim».

O‘zbekiston delegatlarini mobil ilovalar va o‘yinlari ishlab chiquvchi-dasturchilar ham hayratga soldi. «Bolalar uchun mobil o‘yinlar ishlab chiqararuvchi «Play Power» kompaniyasi menga yoqdi. Ularni interaktiv ilovalar va o‘yinlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan Cocos2d-x — kross-platformali freymvork platformasida ishlab chiqadilar», — dedi, Webline kompaniyasi vakili, Umid Bazarov

Manba: Bekzod Yusupov, UzNews.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq