IUT va “Exadel Inc.” tomonidan dasturchilarni tayyorlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
29.01.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

“Exadel Inc.” kompaniyasi delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibidan “Exadel Inc.”ning Bosh amaliyot direktori Gregori Katsman va HR-menejer Yelena Krukovskayalar o‘rin olgan edi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Babaxodjayev mehmonlarni qutladi hamda IT-mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasi to‘g‘risida gapirib berdi.

Uning qayd etishicha, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ingliz tilida, Koreya Respublikasidagi Inha universiteti ta’lim dasturlari asosida tahsil oladilar.

“Exadel Inc.” xodimlari kompaniya faoliyati to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdilar. Qayd etildiki, “Exadel” — xalqaro IT-kompaniyasi bo‘lib, IT-konsalting hamda dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Gregori Katsmanning ta’kidlashicha, kompaniya Belarusda dasturlash bo‘yicha bepul kurslarni o‘tkazib, ta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Uning qayd etishicha, “Exadel Inc.” bozorda talabgor bo‘lgan dasturlash tillari bo‘yicha kurslar o‘tkazadi.

Uchrashuv davomida tomonlar “Exadel Inc.” mutaxassislarini jalb qilib, onlayn-texnologiyalardan foydalangan holda dasturchilarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq