Uchuvchisiz uchar qurilmalari olib kirilishining oldi olindi
28.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 26-noyabrda «O‘zbekiston Respublikasi havo hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish choralari to‘g‘risida»gi 322-qaroriga muvofiq, O‘zbekiston hududiga 2015-yil 1-yanvardan uchuvchisiz uchish qurilmalarni olib kirish taqiqlangan.

Faqatgina Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-maydagi qarori bilan zarurat tug‘ilgan hollarda ayrim tashkilotlar mazkur qurilmalarni O‘zbekistonga olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishiga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan. Biroq bugungi kunda ayrim fuqarolar tomonidan chet elga vaqtincha ishlash yoki safarga borib qaytayotganlarida yaqinlari va farzandlariga bolalar uchun o‘yinchoq sifatida qayd etilgan kuzatuv kamerali va kamerasiz uchuvchisiz uchish apparat (dron)larini olib kelish holatlari ko‘paygan.

Masalan, joriy yilning 14-yanvar kuni “Urganch aeroport” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “SanktPeterburg–Urganch” yo‘nalishida Urganch shahriga kelgan fuqaro Z.Sabirovga (familiyasi va ismi o‘zgartirilga) tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari rentgen apparati orqali bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan bojxona organi tomonidan ma’muriy ishlar yuritildi va sud organlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

M.Kurbanniyozov
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq