O‘zbekistonning mobil aloqa abonentlari soni 22 mln. 800 mingga yetdi
27.01.2018
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018-yilning boshi uchun O‘zbekistonning mobil aloqa abonentlari soni haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Oxirgi yilda mamlakatimizda mobil aloqa abonentlari soni 1 million 400 mingga o‘sdi (o‘sish 7%), bu esa oxirgi yilda O‘zbekistonning mobil aloqa rivojlanishi jadallashganligini ko‘rsatadi.

Agar 2013-2016 yillarda O‘zbekistonning mobil aloqa abonentlari soni nisbatan barqaror hamda deyarli o‘smagan bo‘lsa, 2016-yil va ayniqsa, 2017-yilda keyingi ikki yil uchun 10foizga o‘sdi.

Shuni ta’kidlash zarurki, O‘zbekistonning mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslari abonent raqamlaridan foydalanganliklari uchun 2018-yilda oyiga har bir abonentga 4 ming so‘m to‘ladilar. Shu sababli mamlakatimizda mobil aloqa abonentlari soni – raqamlar, operatorlar tomonidan shunchaki sotilgan SIM-kartalar sonini emas, balki haqiqiy mavjud abonentlar sonini ifoda etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mobil aloqasi O‘zbekiston mustaqilligininfg tengdoshi bo‘lib hisoblanadi. 1991-yil avgustda Hukumatimiz qo‘llab-quvvatlashi asosida mobil aloqa xizmatini ko‘rsatuvchi birinchi kompaniya — O‘zbekiston – Amerika qo‘shma korxonasi «Uzdunrobita» tashkil etilgandi. Kompaniya nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy-Jsiya mintaqasida birinchi mobil aloqa operatoriga aylangandi.

Mamlakatimizda mobil aloqadan foydalanib, amalga oshirilgan dastlabki qo‘ng‘iroq 1992-yil avgustda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan qilingandi.

2005-yil noyabr oyida O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlarining birinchi millioni qayd etildi, ikki yildan keyin esa (2007-yil noyabr oyida) O‘zbekiston Respublikasi harakatdagi mobil aloqa tarmoqlari abonentlari soni 5 millionni tashkil etdi.

2008-yil sentabr oyining birinchi dekadasida O‘zbekistonning mobil aloqa abonentlari soni 10 milliondan oshdi.

O‘zbekistonning barcha mobil aloqa operatorlari ekspluatatsiya qiladigan barcha mobil aloqa baza stansiyalari soni ko‘rsatkichlari va o‘sish dinamikasi. 2018-yil boshida mamlakatimizda mobil aloqa baza stansiyalari umumiy soni 22178 tani tashkil etdi.

Mobil aloqa baza stansiyalari soni (ta)

Bugungi kunda O‘zbekistonda beshta mobil aloqa operatorlari: Unitel MCHJ («Bilayn» savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatadi, GSM standartida), COSCOM MCHJ XK (UCELL savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatadi, GSM standartida), UMS (Universal Mobile Systems, GSM standartida), «RWC» MCHJ XK (Perfectum savdo belgisi, CDMA standartida) va «O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali (O‘zbekiston milliy mobil aloqa operatori: GSM va CDMA standartlarida) faoliyat yuritmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq