O‘zbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 20 milliondan oshdi
27.01.2018
Rukn: Internet.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekistonning mobil aloqa abonentlari soni haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi. 2018-yil boshida mamlakatimizda internet-foydalanuvchilari soni 20 millionni tashkil etdi va bir yil mobaynida 5,3 mln. foydalanuvchiga o‘sdi (o‘sish 36%). Shu bilan birga, O‘zbekistondan xalqaro tarmoqlarga umumiy ulanish tezligi 104,1 Gbit /s.ni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichning bir yil mobaynidagi o‘sishi esa 58 foizdan ortdi.

Shuningdek, O‘zbekiston provayderlari uchun (tashqi kanalga 1 Mbit/s, uchun AQSH dollarida) internet-xizmatlariga tariflar narxi o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlar ham e’lon qilindi. 2017-yil mobaynida 1 Мбит/s. uchun $76,6 dan $30,2 gacha, ya’ni deyarli ikki yarim barobardan ortiq marta tushirildi.Biroq 2017-yil sentabr oyidan boshlab O‘zbekistonda valyuta bozori erkinlashtirilishi munosabati bilan narx hisobi AQSH dollari bozor kursi bo‘yicha yuritilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan optik-tolali aloqa liniyalari umumiy uzunligi 2018-yil boshida O‘zbekistonda 22,35 ming kilometrni tashkil etayotganligi haqidagi ma’lumot e’lon qilindi. Ulardan faqat 2017-yilda 2 ming kilometrdan ortiq liniya qurildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 9-yanvar kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

«Internetdan 20 million aholi foydalanadi, deb hisobot bergansizlar. Biroq milliy internet orqali taklif etiladigan xizmatlar doirasi juda cheklangani sababli aholining aksariyat qismi internetdan faqat «Telegram»da yozishma uchun foydalanadi xolos», — dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda MDH davlatlari bo‘yicha internetning o‘rtacha tezligi biznikidan 10 marta yuqoriligi qayd etildi. Aloqa operatorlari chekka hududlarda, avtomobil va temir yo‘llarga yaqin hududlarda telekommunikatsiyalarni kengaytirishga sarmoya kiritmayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mutasaddilarga internet narxini keskin arzonlashtirish, tezligini kamida 4 barobar oshirish, 2020-yilgacha esa MDH davlatlari darajasiga yetkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.

Nashrimiz O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati tomonidan sharhlangan, O‘zbekistonda yaqin davr mobaynida internetni rivojlantirish rejalashtirilayotganligi haqida ma’lumot oldi.

2017-yilda «O‘zbektelekom» kompaniyasi tomonidan mavjud hamda qo‘shni mamlakatlar operatorlari bilan yangi chegaradosh bog‘lamalarning o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish, Internet xizmatlariga o‘sib borayotgan fuqarolar ehtiyojlarini qondirish uchun qator loyihalar amalga oshirildi. Barcha qabul qilingan choralar natijasida Internet tarmog‘iga ulanish uchun tashkil etilgan kanallar tezligi ikki marta oshirildi.

2018-yil 9-yanvardagi yig ‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan axborot texnologiyalarini sohasida yana ko‘p ishlarni amalga oshirish zarurligi va O‘zbekiston aloqa operatorlari telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirishga alohida rayonlar, avtomobil va temir yo‘llarga tutashgan hududlarda resurslarni jalb etilmayotganligini ta’kidlandi. «O‘zbektelekom» kompaniyasi mamlakatimizning olis burchaklarida ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Milliy operator tomonidan butun respublikani sifatli aloqa xizmati bilan ta’minlash uchun telekom va texnologiyalarni hamkorlikda rivojlantirish va yaxshilash uchun mablag‘ ajratilmoqda.

2018-yilda «O‘zbektelekom» AK o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish, xalqaro bozorda qo‘shimcha sig‘im olish uchun telekommunikatsiya operatorlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalshni belgilab oldi. Agar MDH mamlakatlariga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, o‘z imkoniyatlarini kengaytirish va uskunalarini asosan xususiy mablaglari va kreditlar hisobiga takomillashtirayotgan «O‘zbektelekom» kompaniyasidan farqli ravishda, Belarus Respublikasi milliy aloqa operatori 10 yildan ortiq davr mobaynida davlatning moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi asosida rivojlanganligini ta’kidlash zarur.

Kompaniyada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash uchun faqatgina tezlikni oshirishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi, balki trafikni mahalliylashtirish bilan shug‘ullanish zarurligini yaxshi tushunadilar. Ko‘plab xorijiy mamlakatlarda Internet trafikni mamlakat hududida mahalliylashtirish 60 foizdan kam emas, O‘zbekistonda esa faqat 19 foizni tashkil etadi. Shu munosabat bilan «O‘zbektelekom» AK jahonning ommaviy internet-resurslari va portallarini mahalliylashtirishni rejalashtirgan. Sifatli milliy kontentni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Manba: www.uztelecom.uz

Zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha mobil va qayd etilgan aloqa operatorlari telekommunikatsiya tarmoqlarining yildan-yilga rivojlanishini hisobga olib, masalan, 4G va «uygacha optika», tashqi internet-kanallari sig‘imini kengaytirishga kuchli ehtiyoj mavjud. Shu munosabat bilan Toshkent shahrida xalqaro paketli kommutatsiya markazini modernizatsiya qilishga texnik vazifa tayyorlandi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi Internet xizmatlarining narxi oshishiga olib kelmaydi va uning ishga tushirishi 2018-yilga rejalashtirilgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq