Matematika va fizika fanlaridan o’tkazilgan olimpiadaning birinchi bosqichi yakunlandi
26.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan fizika va matematika fanlaridan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Respublika olimpiadasining 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

Birinchi bosqichda jami ro‘yxatdan o‘tgan olimpiada ishtirokchilarining soni 4755 ta bo‘lib, viloyatlar kesimida ularning soni quyidagicha: Xorazm viloyati 1093, Farg‘ona viloyati 907, Navoiy viloyati 397, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 372, Toshkent viloyati 299, Toshkent shahri 289, Namangan viloyati 281, Surxondaryo viloyati 260, Qashqadaryo viloyati 248, Buxoro viloyati 240, Samarqand viloyati 142, Sirdaryo viloyati 198, Andijon viloyati 86, Jizzax viloyati 43 ta, ulardan 4000 ta ishtirokchi onlayn testda ishtirok etib o‘zlari uchun berilgan savollarga javob berdilar. Birinchi bosqichda 80 ball va undan yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar soni 585 taga yetdi, ular 1-bosqich g’olibi deb e’lon qilindi va olimpiadaning 2-bosqichiga ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldilar shuningdek saytning g‘oliblar sahifasidan joy oldilar. Biz ularni g‘oliblik bilan tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda omad tilab qolamiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq