«Online market» dasturiy ta’minoti
25.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir guruhilmiy izlanuvchilari tomonidan aholining keng qatlami uchun juda foydali bo’lishi kutilayotgan yangi dastur — «Online market» dasturiy ta’minoti yaratildi.

Dasturiy ta’minot vositasida respublikamiz va xorijda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni internet tarmog’i orqali sotish va sotib olish mumkin. Dastur funksional ravishda on-layn tizimda mahsulotlar nomlarini kiritish, xizmatlarni reklama kilish, tovarlarni onlayn xarid qilish yoki ular haqida batafsil ma’lumot olish, shuningdek, ularni turi va narxiga ko’ra guruhlash ikonini beradi. Ushbu dasturdan mamlakatimizdagi bozorlar faoliyatini to’g’ri va samarali tashkil etish uchun, shuningdek, barcha turdagi kichik va xususiy biznes vakillari o’z faoliyatlarida unumli foydalanishlari mumkin.

Intellektual mulk agentligi tomonidan dastur ijodkorlari – U.Ismatov va U.Rustamovga DGU 04841 raqamli guvohnoma topshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq