Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
25.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yil yanvar oyining 24 yanvar kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi hamda O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar” mavzusida seminar o‘tkazildi.

O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi anjumanlar zalida o‘tkazilgan seminarda Inspeksiya xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida AKTni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, tizimdagi yangiliklar, kutilayotgan natijalar xususida ma’ruzalar qilindi.

Xususan, bugungi kunda ishlab chiqilgan “Kliring”, “Xarid”, “Soliq”, “Bojxona”, “Kommunal”, “Adliya”, “Litsenziya” va ishlab chiqilayotgan “Ta’lim”, “Budjet”, “Nafaqa”, “Sog‘liqni saqlash”, “Davlat boshqaruvi” Kompleks axborot tizimlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali “my2.gov.uz” hamda “Xavfsiz shahar” tizimining imkoniyatlari, asosiy vazifalari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Seminar yakunida Markaz mutaxassislari tomonidan berilgan savollarga Inspeksiya xodimlari tomonidan javob berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq