UZMOBILE narxlarni oshirmaydi
24.01.2018
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

«O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali o‘tgan 2017-yil natijalarini sarhisob qilib, quyidagi o‘z yutuqlari va muvaffaqiyatlari, erishgan natijalari hamda yangi istiqbolli loyihalari bilan o‘rtoqlashdi:

  • UZMOBILEning ikki aloqa standarti bo‘yicha abonentlar bazasi 1,5 mln.dan ortiq abonentni tashkil etadi;
  • 2G/3Gva 4G texnologiyalarini joriy etib, UZMOBILE GSM tarmog‘ini qurish va kengaytirish ishlari uzluksiz olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda 4G tarmog‘iga respublikamizning barcha viloyat va tumanlarida ulanish mumkin;
  • Butun mamlakatimiz bo‘ylab filialning savdo vakillari punktlari hamda sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislari tarmoqlari faol rivojlanmoqda;
  • «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi bandlaridagi vazifalarni bajarish doirasida UZMOBILE filiali birinchilardan bo‘lib, «Xalq bilan muloqot» xizmatini taqdim etdi. Mazkur servis evaziga GSM tarmog‘i abonentlari davlat veb-saytlariga bepul ulanish imkoniga ega bo‘ldilar;
  • Viloyatlar va tuman markazlarida salohiyatli va mavjud abonentlar bilan ko‘chma uchrashuvlar o‘tkazildi. «Xalq bilan muloqot» umumiy nom ostida o‘tkazilgan tadbirlar evaziga ishtirokchilar takliflari bo‘yicha iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda milliy operatorning barcha ishlari samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan qator loyihalar amalga oshirildi;
  • O‘sib kelayotgan barkamol avlodni qo‘llab-quvvatlash va yoshlar imkoniyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, UZMOBILE filiali tomonidan ijtimoiy-yo‘naltirilgan «Yoshlar» TR joriy etildi. Mazkur tarif reja filial tashabbusi va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda joriy etildi va mamlakatimizning barcha burchaklarida, arzon narxlar bo‘yicha sifatli aloqani tanlagan yuzlab yoshlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda;
  • Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji (TAKHK) bazasida ijtimoiy AT-dasturlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar tayyorgarligining to‘liq siklini nazorat tizimlarini yaratish maqsadida, «Smart Education», «Educard», «Muloqot.tv» va «Gap» kabi loyihalari e’lon qilindi;
  • 2017-yil barcha o‘z vaqtini haqiqatdan qadrlaydigan insonlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. UZMOBILEning salohiyatli va mavjud abonentlarida uyidan chiqmay turib, milliy mobil aloqa operatoriga ulanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shuningdek, iste’molchilarga qulay bo‘lishi uchun Arba.uz internet-do‘konida cheksiz xarid qilish imkoniyatini taqdim etuvchi xizmat joriy etildi;
  • Aloqa sohasi mutaxassis-xodimlari o‘rtasida sodiqlik va korporativlik ruhini oshirish doirasida UZMOBILE GSM tarmog‘ida yangi maxsus tarif reja kiritildi. Endi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi 40dan ortiq korxona xodimlari yanada qulay shartlar bo‘yicha muloqot qila oladilar.

«O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali – O‘zbekiston Milliy mobil aloqa operatoridir. Uning asosiy ijtimoiy faoliyatlaridan biri abonentlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, aholining barcha toifalari uchun tarif rejalari ishlab-chiqish va joriy etishdan iborat. O‘zining har bir abonentiga gamxo‘rlik bilan yondashib, sodiqlik siyosatini rivojlantirib: milliy operator hozirgi davrda GSM va CDMA standartlaridagi barcha tarif rejalarida abonent tolo‘vini amal qilib turgan miqdorda o‘zgarishsiz qoldiradi.

Manba: Kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq