Mustaqil O‘zbekiston asoschisi
24.01.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag`ishlangan “Mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi” mavzusida ma`rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Inspeksiya boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi A.Izbosarov Birinchi Prezidentimizning buyuk jasorati tufayli Mustaqilligimizning qo‘lga kiritilishi, tarixan qisqa davrda mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ulkan islohotlar xususida so‘z yuritdi.

Tadbirga taklif etilgan matemateka fanlari doktori, Islom Karimov bilan bir necha yillar birga faoliyat olib borgan S.Muhammadqulovning Birinchi Prezidentimiz shaxsi bilan bog`liq xotiralari, yig`ilganlarda katta qiziqish uyg`otdi.

Inspeksiya markaziy apparati, Toshkent shahri va Toshkent viloyati, vodiyekonferens aloqa orqali Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyat bo‘linmalari xodimlari S.Muhammadqulovga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mazmunli suhbat uchun minnatdorlik bildirishdi.

Ta’kidlanganidek, davlatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashi, milliy qadriyat va urf-odatlarimiz, mudaddas dinimizning xalqimizga qaytarilishi, odamlarimiz ongu tafakkurida ro‘y bergan o‘zgarishlarda Islom Karimovning xizmatlari katta.

Shu bois ulug‘ siymo nomi barhayot.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq