IUT talabalari Koreya Respublikasidagi Inha universitetining yozgi maktabida ishtirok etadilar
24.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari guruhi (IUT) 2018-yil 23-iyuldan 10- avgustgacha davom etadigan Koreya Respublikasining Inha universiteti yozgi maktabida ishtirok etadilar.

O‘tgan yillarda bo‘lgani singari Koreya Respublikasidagi Inha universiteti Inha universiteti qoshidagi 10 nafar faol va iqtidorli talabalarga yozgi maktabga bepul ishtirok etish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, yozgi maktabda ishtirok etish istagini bildirgan Toshkent shahridagi Inha universitetining boshqa talabalari dastur narxini to‘lash sharti bilan o‘z hujjatlarini taqdim etishlari mumkin.

Toshkent shahridagi Inha universiteti Koreya Respublikasidagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadigan yozgi maktabda bepul ishtirok etadigan talabalarni aniqlash uchun oltita tanlov e’lon qildi.

Musobaqalar doirasida “Kompyuter va dasturiy injiniring” (SOCIE) hamda “Logistika” (SOL) fakultetlari talabalari tadbirkorlikni rivojlantirish, onlayn xizmatlarni taqdim etish va Toshkent shahridagi Inha universitetini targ‘ib qilishga yordam beradigan mahsulotlarni ishlab chiqishlari kerak.

Tanlov natijalariga ko‘ra, hakamlar hay’ati Janubiy Koreyadagi Inha universitetining yozgi maktabida ishtirok etadian eng yaxshi loyihalar va ruxsatnoma egalarini tanlab oladi.

Yozgi maktabda talabalar “Koreys tili”, “Sharqiy Osiyoning siyosati va xalqaro aloqalari”, “Koreya va uning madaniyati”, “Koreyada iqtisod va biznes”, “Kelajakning yangi texnologiyalari” kabi kurslarda ishtirok etadilar.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Janubiy Koreyadagi Inha universitetining yozgi maktabida to‘rtinchi marotaba ishtirok etadilar.

Yozgi maktabda talabalar Koreya Respublikasining madaniyati va sayyohlik joylari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar, shuningdek, turli fanlardan bilim oladilar.

Qayd etamiz, yozgi maktabda jahonning turli mamlakatlaridagi universitetlar talabalari ishtirok etadilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq