YANGI ELEKTRON KATALOG uning vositasida muzeylar, kutubxonalar, ayniqsa, arxivlar ish unumdorligi ortadi
23.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi mutaxassislari tomonidan arxiv axborot resurslarining yig`ma elektron katalogi dasturi yaratildi.

Dastur arxivlar, kutubxonalar, muzeylarda qo`llanilishi ko`zda tutilgan. Ushbu dasturning maqsadi arxiv muassasalarida saqlanadigan axborotlar haqida ma’lumotlarni tezkorlik bilan olish va ularga kirishni ta’minlash uchun arxiv fondlarining yig`ma elektron katalogini yaratish orqali O`zbekiston arxiv axborot resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash hisoblanadi. Dastur arxivlarning yig`ma elektron katalogidan foydalanish orqali zarur ma’lumotlarni (o`nlab va yuzlab marotaba) izlash samaradorligini oshirish, arxivning, ma’lumotlar bazalarining qimmat elektron resurslardan foydalanish orqali axborotlarni taqdim etish doirasini kengaytirish, davlat arxivi foydalanuvchilariga maxsus ma’lumotlar bazasidan olingan xilma-xil, qimmatli hamda ishonchli axborotlardan foydalanish orqali xizmat ko`rsatish samaradorligi va sifatini oshirish, talabnoma bo`yicha hujjatlarni shakllantirish uchun maxsus dasturiy vositalardan foydalanish orqali arxivdan tahliliy va xulosaviy hujjatlarni shakllantirish samaradorligini va sifatini oshirish, shuningdek foydalanuvchilarning hujjatlardan foydalanish statistikasini yuritish imkonini beradi.

Mualliflar — A.Abdullaev, B.Ahmedov, Sh.Muhammadjonov, A.Turapov, M.Raxmatullaevga ushbu dastur uchun № DGU 04802 raqamli guvohnoma berildi.
Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq