IUTning ikki nafar talabasi “Shinhan” bankining stipendiyasi sohibi bo‘ldi
23.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) ning ikki nafar talabasi “Shinhan” banki (Janubiy Koreya)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi stipendiyalari sovrindori bo‘ldilar.

Janubiy Koreyaning eng yirik banklaridan biri taqdim etgan stipendiya talabalarga o‘qish uchun xarajatlarning bir qismini qoplash imkonini beradi.

“Shinhan” bankining stipendiyasiga Toshkent shahridagi Inha universitetining “Logistika” fakulteti birinchi bosqich talabasi Shahlo Sarvarova hamda “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakulteti birinchi bosqich talabasi Hilola Ergashevalar loyiq topildilar.

Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi prorektori Cho Vu Sug talabalarga “Shinhan” bankining stipendiyalarini topshirdi.

Ta’kidlash lozimki, “Shinhan” bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bir necha yildan beri IUT talabalarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Bu borada IUT Rektori Sarvar Babaxodjayev shunday dedi: “Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi “Shinhan” banki vakolatxonasiga talabalarni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiradi. Biz boshqa tashkilot va korxonalarni ham ta’limga sarmoya kiritishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga chaqiramiz”.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq