OTB bilan ta’lim va bandlik sohasi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

19 yanvar kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Markaz rahbariyati tomonidan Markaz faoliyati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi bilan o‘zaro hamkorligi haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida ikkala tomon qiziqtirgan masalalar muhokama qilindi, xususan ta’lim va aholi bandligi sektorida elektron hukumat doirasidagi tashabbuslar bo‘yicha savollarga to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida, Markaz rahbariyati Osiyo taraqqiyot banki bilan o‘zaro hamkorlik qilishni hamda ta’lim va aholi bandligi sohasidagi OTBning amalga oshirilgan loyihalari yuzasidan ma’lumot almashishni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq