O‘zbekistonda “Technovation Challenge” tanlovi boshlandi
19.01.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2018-yilning 19-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Technovation Uzbekistan Launch Week 2018” keng ko‘lamli tadbir boshlandi.

Har yili “Technovation” eng yirik xalqaro texnologiya tanlovi, 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun dunyoning 160ta mamlakatida o‘tkazilib, undan ko‘zlargan asosiy maqsad – qizlarni IT-sohasidagi IT-texnologiyalar, biznes va tadbirkorlikka qiziqtirishdir.

“Technovation Challenge” dasturi O‘zbekistonda ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. Dastur keng ko‘lamli “Technovation Uzbekistan Launch Week 2018” tadbiri bilan boshlanadi hamda besh kundan ortiq davom etib, ishtirokchilar, mentorlar, hamkorlar, muvofiqlashtiruvchilar va tanlov tashkilotchilarini bir joyda to‘playdi.

“Technovation Uzbekistan Launch Week 2018” dasturidan quyidagilar o‘rin olgan: taklif etilgan spikerlarning chiqishi, “Technovation” tartib-qoidalari to‘g‘risida axborot, shuningdek, savollar va javoblar o‘rin olib, barcha jamoalar tanlov to‘g‘risida batafsil ma’lumot oladilar.

20-21 va 27-28 yanvar kunlari kunduzgi va kechki sessiyalar shaklida bir qator seminarlar va mahorat darslari o‘tkaziladi.

20-21 yanvarda jamoalar dizayn-fikrlash, ijtimoiy tadbirkorlik, jamoani shakllantirish, marketing tadqiqotlari asoslari va boshqa foydali amaliy fanlar bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkazilib, yakunda jamoalar «uyga vazifa» oladilar.

Yaratilgan loyihalar bo‘yicha dastlabki ishlanmalar taqdimoti 27-28 yanvar kunlaridagi sessiyada o‘tkaziladi hamda jamoalar muvofiqlashtiruvchi va mentorlardan maslahatlar oladilar.

“Technovation Uzbekistan Launch Week 2018” doirasida jamoa mentorlari uchun “ustozlar treningi” o‘tkaziladi. Shuningdek, qizlarning ota-onalari uchun trening uyushtirilib, u qizlar STEM-ta’limining ustunliklariga bag‘ishlanadi. Shu bilan birga, INHA universiteti va TATUning ta’lim sohasidagi imkoniyatlari taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilda “Technovation” dasturi mamlakatimizning barcha viloyatlarida tashkil etilib, hududlardagi ishtirokchilar uchun sessiyalar “onlayn” shaklda o‘tkaziladi.

“Technovation Uzbekistan Launch Week 2018”ning barcha tadbirlari Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida o‘tkaziladi. “Technovation Uzbekistan Launch Week 2018”ning to‘liq dasturi.

“Technovation Uzbekistan Launch Week 2018” yakunlanishi bilan jamoalar “erkin suzish”ga o‘tadilar – ular loyihalarini maromiga yetkazishlari uchun mentorlar ishtirokida mustaqil ishlaydilar. Tadbirlarning keyingi sessiyasi 2018-yilning mart oyi oxirlariga rejalashtirilgan bo‘lib, unda loyihalarning oraliq natijalari muhokama qilinadi, jamoalar muvofiqlashtiruvchilardan maslahat oladilar; shuningdek, mahalliy va xorijiy spikerlarning seminarlari ham o‘rin olgan.

Yakuniy bosqich va tanlov g‘oliblarini aniqlash may oyining o‘rtalariga mo‘ljallangan bo‘lib, hakamlar hay’ati natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston nomidan xalqaro tanlovda ishtirok etadigan bir qator jamoalar aniqlanadi.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish “Technovation Uzbekistan” saytida 10-fevral kuniga qadar davom etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq