Toshkent shahar boshqaruvi tizimida o‘zgarishlar kutilmoqda
18.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahri hokimligida boshqaruv tizimining zamonaviy usullarini tatbiq qilish maqsadida Seul shahri meriyasi tajribasi o‘rganilmoqda.

Bu “Raqamli ofis”, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish va o‘rganish, shuningdek, davlat xizmatlarini taqdim etish sohasida axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ko‘zda tutadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida Seul shahri meriyasi delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilindi.

Toshkent shahar hokimligi kompyuterlashtirish markazi direktori Mahmud Asomovning ma’lum qilishicha, Seul meriyasi delegatsiyasi hokimlikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish borasidagi islohotlar, poytaxt tumanlarida mavjud 44 sektor faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishga tushirilgan innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishishi ko‘zda tutilgan.

– Hozirgi kunda aholi murojaatlarining qariyb 80 foizi elektron tarzda kelib tushmoqda, – deydi M.Asomov. – Shu bois ular ijrosini nazorat qilish, o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish uchun alohida tizim zarur.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha koreyalik mutaxassislar sohani takomillashtirish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini ishlab chiqadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq