«Technovation Challenge» xalqaro tanlovining yangi mavsumdagi turkum tadbirlari dasturi e’lon qilindi
18.01.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«Technovation Uzbekistan» jamoasi «Technovation Uzbekistan Launch Week 2018» dasturiga start berilganini e’lon qildi. Ushbu dasturdan bir qator muhim tadbirlar, «Technovation Challenge» tanlovi qatnashchilari va mentorlarning tanishuvi, seminarlar va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ertaga, 19 yanvar kuni «Technovation Launch Week»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

20–21 va 27–28 yanvar kunlari esa bir qator seminarlar va mahorat darslari tashkil etiladi.

Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shartlari va boshqa ma’lumotlarni tanlovning rasmiy saytidan olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Technovation Challenge» xalqaro tanlovi 2010 yildan buyon dunyoning qariyb 80 mamlakati, jumladan, ikki yildan buyon O‘zbekistonda ham o‘tkazib kelinmoqda. Bu texnologik ishlanmalar tanlovi bo‘lib, uning doirasida qizlar jamoalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Jamoalar ustoz va murabbiylar rahbarligida dolzarb muammoni aniqlashi, uning yechimi bo‘yicha ilova yaratishi, loyihaning tijoriy amalga oshirilishi uchun zarur kompaniyaga asos solishi lozim.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq