IUT va “O‘zbekiston pochtasi” AJ yosh ixtirochilar va ratsionalizatorlarni rag‘batlantiradi
18.01.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati 2018-yil 18-yanvar kuni hamkorlikdagi faoliyat to‘g‘risida shartnoma imzoladilar.

IUT rektori Sarvar Babaxodjayev va “O‘zbekiston pochtasi” AJning Bosh direktori Shuhrat Atamuhamedov hujjat ostida imzo qo‘ydilar.

Shartnoma doirasida, tomonlar hamkorlikda innovatsion siyosatni amalga oshirishda ishtirok etish hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining real tarmog‘iga joriy etish bo‘yicha innovatsion mahsulotlar yaratish, yosh ixtirochilarni rag‘batlantirish niyatidalar.

Tomonlar rag‘batlantirish va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, amaliy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun o‘qituvchilar, nomzodlar va talabalarni jalb etish rejalashtirilgan.

Toshkent shahridagi Inha universitetining bitiruvchilari “O‘zbekiston pochtasi” AJ korxonalariga ishga joylashtiriladi, talabalar esa amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘lishi kutilmoqda.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda logistika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakalarini oshirish maqsadida Toshkent shahridagi Inha universitetining mutaxassislari va professorlarini jalb qiladi.

IUT va “O‘zbekiston pochtasi” AJ ishlab chiqarish va intellektual mulkni himoya qilishga qaratilgan amaliy ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish niyatidalar.

Tomonlar innovatsion va yoshlar siyosatini amalga oshirish masalalari, shuningdek, o‘quv-uslubiy tavsiyalar va adabiyotlarni nashr etish bo‘yicha turli seminarlar, davra suhbatlari hamda konferensiyalar o‘tkazadilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq