AKTni jоriy etish vа rivоjlаntirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
18.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Аloqа, ахbоrоtlаshtirish vа tеlеkоmmunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) tomonidan 2017 yilning o‘tgan 12 oyi davomida 25 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mаhаlliy davlat hokimiyati оrganlari (Davlat оrgani )da AKTni joriy etish va rivojlantirish holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar mobaynida Inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar hamda AKTni joriy etish va rivojlantirish yuzasidan jami 609 ta banddan iborat hulosa va takliflar davlat organlariga taqdim etilgan. Shu bilan bir qatorda, aniqlangan bir qancha kamchiliklar davlat organlari tomonidan o‘rganish davrida bartaraf etilgan.

Shuningdek, mazkur hulosa va takliflar bo‘yicha davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan hamda ushbu chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning o‘z muddatida hamda sifatli bajarilishi Inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq