O‘zbektelekom Internet narxini hisoblash uchun formula taqdim etdi
17.01.2018
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

Sifatli Internet xizmatlarini olishda abonentlar talablarini qondirish uchun «O‘zbektelekom» AK xalqaro bozorda telekommunikatsiyalar operatorlaridan qo‘shimcha sig‘imlarni sotib oladi. Respublikamizning geografik joylashuvi sababli aloqa kanali kamida ikki chegara orqali keladi – bizning holatda – bu Rossiya va Qozog‘iston chegaralaridir.

Natijada Internet xizmati narxi oshadi. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda Milliy operator tarmoqqa ulanishning bardoshligini oshirish uchun Frankfurt va Gonkongda joylashgan yirik xalqaro yetkazib beruvchilargacha xususiy rezerv aloqa kanallarini ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Xorijiy mamlakatlarda mamlakat hududida Internet trafikni mahalliylashtirish kamida 60% (foiz)ni tashkil etadi, O‘zbekistonda esa 19%. Shu munosabat bilan «O‘zbektelekom» AK xalqaro ommaviy Internet resurslar va portallarni mahalliylashtirisjni rejalashtirgan. Sifatli milliy kontentni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Kompaniyada milliy kontent rolini oshirishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqilmoqda. Masalan, mazkur resurslar bilan aloqalarni tahkil etish masalalarini hal etuvchi piring markazlari tashkil etilmoqda.

O‘zbekistonda trafik almashish tezligining nisbati

Chet ellarda trafikning o‘rtacha nisbati

Xalqaro ma’lumotlarni uzatish va kanallar ijarasi xizmatlari uchun narxlarni shakllantirish mexanizmi 2010-yilda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Mazkur tegishli hujjatda milliy operator xarajatlaridan kelib chiqib ortacha 1 Mbit/s. o‘rtacha narxini shakllantirishni nazarda tutilgan. «O‘zbektelekom» AK vazirlik tomonidan tasdiqlangan narxni shakllantirish tartibiga qat’iy rioya qiladi.

O‘zbekistonda valyuta siyosatining liberallashtirilishi munosabati bilan 2017-yil sentabr oyida «O‘zbektelekom» AK xalqaro internet kanallarini ijaraga olish valyuta xarajatlari o‘rtacha ikki marta oshdi. Kompaniya qo‘shni mamlakatlardan trafikni valyutaga sotib oladi, mahalliy bozorda esa so‘mga sotadi. Shuningdek, xarajatlarning asosiy qismini uskunalarni ijaraga olish, foydalanish va modernizatsiyasiga xarajatlarni tashkil etadi.

«O‘zbektelekom» AK 2018-yilda narxlarni pasaytirish bo‘yicha aniq rejalarga ega hamda xalqaro kanallar ijarasi uchun narxlarni optimallashtirish bo‘yicha xalqaro operatorlar bilan doimiy muzokaralar olib boradi, shunga muvofiq narxlarni pasaytirish tomoniga Internet tariflarini ko‘rib chiqadi.

Muhim xarajatlarga qaramay, abonentlar sadoqatini oshirish kompaniya faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq