MUIC rezidentlari «INDIASOFT 2018» ga tashrif buyurishadi
17.01.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» rezidentlari dasturiy ta’minot bo‘yicha o‘tkaziladigan «INDIASOFT 2018» xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishadi. Ular orasida veb-sayt, CRM-tizimlar, mobil ilovalar hamda biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy kompaniyalar ham bor.

Bu yil an’anaviy forum 24-25 yanvar kunlari Hindistonning yirik IT-kompaniyalari jamlanganligi sababli “Kremniy vodiysi” nomini olgan Bangalor shahrida o‘tkaziladi.

«INDIASOFT 2018»ning 16-ko‘rgazmasi doirasida «IT-imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasi o‘tkazilib, unda bozordagi istiqbolli o‘yinchilar bilan ishbilarmonlik munosabatlarini yaxshilash va o‘zlarining qatnashish jo‘g‘rofiyasini kengaytirishga tayyor 150 ta mahalliy kompaniya va 75 dan ortiq mamlakatlardan kelgan 400 ta bayerlar yig‘ilishadi.

Ularning manfaatlari IT-sanoatning asosiy tarmoqlari, ya’ni: dasturiy ta’minot, bulutli texnologiyalar, biznes-servis, elektron xavfsizlik, o‘yin va ko‘ngilocharliklarga yo‘naltirilgandir. Shu kabi boshqa global trendlar spikerlarning ma’ruzalari va ko‘rgazma maydonchalarida to‘liq hajmda tanishtiriladi.

«INDIASOFT 2018»ning o‘tkazilishi hukumat darajasida qo‘llab-quvvatlanadi. Tashkilotchilar – elektronika va dasturiy ta’minot sohasidagi kompaniyalarning eksportini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Kengash (ESC) bevosita ishtirokchilarning, tashrif buyuruvchilarning, biznes-delegatsiyalarning sifat tarkibini hamda forumning win-win situation tamoyilida amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Ular ko‘rgazmani o‘z kompaniyasining rivojlanishi uchun eng sara IT-mahsulotlar va yechimlarni izlash imkonini beruvchi tadbir, shuningdek, AKT imkoniyatlarini elektron hukumat, moliya, sug‘urta, kiber himoya va boshqalarni o‘rganishga bo‘lgan imkoniyat sifatida qarashga chaqiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq