Birja mijozi shaxsiy kabinetining funksiyalari kengaytirildi
15.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«O‘zRTXB» AJ mijozlari, shu jumladan, ularning aksariyat qismini tashkil etgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida innovatsion yechimlar asosida interaktiv xizmatlarni takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, mijozning shaxsiy kabineti xizmatining imkoniyatlari kengaytirilib, unga elektron hisobvaraq-fakturani shakllantirish, brokerlik idorasini almashtirish, mablag‘lar qaytarilganda bank hisobvarag‘ini tanlash va rekvizitlarni o‘zgartirish kiradi. Mijozlar birjaning shaxsiy kabinetdagi mazkur onlayn servislardan elektron raqamli imzo (ERI) yordamida foydalanishlari mumkin.

Hisobvaraqni tanlash xizmati orqali pul mablag‘larini birjaning hisob-kitob kliring palatasidagi mijozning hisobvarag‘i (FIR) dan xizmat ko‘rsatilayotgan bankning asosiy, ikkilamchi, kredit yoki ulgurji hisobvaraqlariga qaytarish mumkin.

Birjaning interaktiv xizmatlarining yangi funksiyalari vaqt va mablag‘ xarajatlarini qisqartirish imkonini taqdim etadi. Misol uchun, avvallari pul mablag‘ini brokerlik idorasiga o‘tkazish yoki bank rekvizitlarini o‘zgartirish uchun qog‘oz shaklida ariza talab etilgan edi.

Mijozning shaxsiy kabineti imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha video qo‘llanma birjaning o‘quv
bilim.uzex.uz veb-saytida joylashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Mijozning shaxsiy kabineti – 2014-yilda joriy etilgan “O‘zRTXB” AJning interaktiv xizmati bo‘lib, birja bitimlari, hisobvaraqdagi holatini tekshirish va tuzilgan bitimlarni natijalarini kuzatib borish imkonini beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq