Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga yangi direktor tayinlandi
13.01.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga yangi direktor tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi buyrug‘iga muvofiq 2018-yil 13-yanvardan Amirulla Abdullayev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabgа direktor etib tayinlandi.

Amirulla Abdullayev Ixtisoslashtirilgan maktab direktori lavozimda ishlagan hamda ilm maskanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan va shu kunga qadar boshqarib kelgan Faridon Usmanovning o‘rniga direktor etib tayinlandi.

Abdullayev bakalavr darajasini Guliston davlat universitetida hamda magistr darajasini Xirosima universiteti (Yaponiya)da olgan. Turli yillarda u o‘qituvchilarni xorijiy tillarga tayyorlash bo‘yicha Ukraina, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyada o‘quv kurslarida ishtirok etgan va shu bilan birga, ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha o‘z malakasini ham oshirib borgan.

2002-yildan boshlab u turli oliy ta’lim muassasalarida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatib, rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan. 2015-yilning sentabr oyidan boshlab Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi menejeri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Qayd etish lozimki, 2017-yilda kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, A.Abdullayev rahbarligidagi Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslarining 94 foiz tinglovchilari O‘zbekiston va xorijdagi oliy ta’lim muassasalarining talabalari bo‘ldilar.

Ixtisoslashtirilgan maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14- sentabrdagi qarori asosida tashkil etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq