Pochta xizmati mutaxassislari uchun o‘quv kursi o‘tkazilmoqda
11.01.2018
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

“O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanish jarayonida mijozlarga qulayliklar yaratish, amaliyotga joriy etilayotgan yangi xizmat turlarini aholi va korxonalarga taqdim qilish va boshqa masalalar yuzasidan ko‘pgina ishlarni amalga oshirmoqda. Ammo pochta sohasining amaliy faoliyati o‘rganishlari shuni ko‘rsatayaptiki, bugungi kunda pochta aloqasi xizmatlari sifatini yaxshilash borasida sohani boshqaruv tizimini o‘zgartirish talab etilmoqda.

Shularni e’tiborga olgan holda, pochta xodimlari oldida turgan masalalarni echimini topish, hamda pochta xizmati mutaxassislarini korporativ boshqaruvi ilg‘or uslublari bilan tanishtirish, milliy pochta operatorining faoliyatini diversifikatsiya qilish yo‘llarini o‘rganish, kadrlar salohiyatini zamon talablari darajasiga moslashtirish maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” AJ rahbariyati tashabbusi bilan Xorazm viloyati Urganch shahrida 2018 yil 10-13 yanvar kunlari “Umumiy boshqaruv va tajriba almashish” mavzusidagi malaka oshirish o‘quv kursi o‘tkaziladi.

Tadbirda qatnashish uchun “O‘zbekiston pochtasi” AJning barcha viloyat filiallari, “Toshkent pochtamti”, “Xalqaro pochtamt”, “Xalqaro tezkor pochta”, “Matbuot tarqatish” filiallari rahbarlari jalb etilgan bo‘lib ularga umumiy marketing, umumiy menejment, moliyani rejalashtirish va prognozlash, investitsion qarorlarni baholash, boshqaruv amaliyoti, AKTni keng joriy etish masalalariga oid seminarlar tashkil qilish rejalashtirilgan.

Oq‘uv kursi dasturiga muvofiq seminarlarda o‘z sohasida yuqori malakaga ega mutaxassislar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi “Korporativ boshqaruv” ilmiy-ta’lim markazi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, “Rumezant KonsAlt” kompaniyasi vakillari va TATU Urganch filiali professor-o‘qituvchilari ma’ruzalarini taqdim etadilar.

O‘quv kursi ishtirokchilari nafaqat ma’ruzalarni tinglash bilan chegaralanadilar, balki mazkur o‘quv kursi ularga o‘ziga xos fikr va tajriba almashish platformasi imkoniyatini ham yaratib beradi.

O‘quv kursining nazariy qismi tugagach, Xorazm viloyati tumanlararo pochta aloqasi bog‘lamalari va aloqa bo‘limlarida pochta aloqasi xizmatlarining ko‘rsatilishi bo‘yicha amaliy tajriba almashish rejalashtirilgan.

O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq