Prezident zamonaviy aloqa vositalarini ko‘zdan kechirdi
10.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda ishlab chiqarila boshlangan raqamli radiostansiya texnikalari bilan tanishdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati.

Ushbu zamonaviy mahsulotlar davlatimiz rahbarining qaroriga asosan «O‘zelektroapparat» zavodida ishlab chiqarilmoqda.

Xitoyning Hytera kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha samarasida 8 turdagi apparatlar tayyorlanmoqda. Ilg‘or texnologiyalarga asoslangan bunday texnikalar shu paytgacha yurtimizda ishlab chiqarilmas edi. Raqamli radiostansiya vositalari import o‘rnini bosishi, axborot xavfsizligini ta’minlashi bilan ulkan ahamiyatga ega.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq