Eng yaxshi intellektual mulk obyektlari uchun tanlov «Best IP — 2018»
10.01.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi Respublikada eng yaxshi intellektual mulk obyektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash orqali ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko‘maklashish hamda yoshlarni innovatsion ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Eng yaxshi ixtiro», «Eng yaxshi foydali model», «Eng yaxshi sanoat namunasi», «Eng yaxshi seleksiya yutug‘i», «Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi» hamda «Yoshlar o‘rtasida eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi” nominatsiyalari bo‘yicha «Best IP — 2018» tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga so‘nggi 3 yil (2015-2017 yillar) davomida muhofaza hujjatlari olingan va amalda saqlab turilgan ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari hamda mahalliy mualliflar (huquq egalari) tomonidan EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalari hamda seleksiya yutuqlari qabul qilinadi.

Tanlovning yoshlar o‘rtasidagi eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi nominatsiyasi yo‘nalishi bo‘yicha 40 yoshga to‘lmagan o‘zining EHM uchun yaratilgan dasturiga ega bo‘lgan shaxslar hujjatlarini topshirishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2018-yil 10-yanvardan 2018-yil 10-aprelga qadar qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari «26 aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni» arafasida e’lon qilinadi hamda esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlov ishtirokchilari quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
— ariza (tanlov Nizomining 1-ilovasiga muvofiq shaklda to‘ldiriladi);
— muhofaza hujjati (lari)ning nusxasi;
— obyektdan foydalanish dalolatnomasi yoki obyektning foydalanishga tayyorligi to‘g‘risidagi boshqa hujjat (tajriba yoki sanoat sinovi dalolatnomasi, litsenziya shartnomasi, tatbiq qilish dalolatnomasi va boshqalar).

Tanlovga talabnomalar ish kunlari soat 9:00dan 17:00 gacha quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:

100000, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 59-uy (5-qavat, Agentlik kutubxonasi).
Shuningdek, tanlovga hujjatlar elektron tarzda: tanlov.ima.uz elektron manzilida ham qabul qilinadi.

Hujjatlar Eng yaxshi intellektual mulk obyektlari uchun «Best IP – 2018» tanloviga deb ko‘rsatilgan holda topshirilishi lozim.

Ma’lumot uchun telefonlar: 0 371 232-50-27, 0 371 232-50-50, 0 371 232-50-13

Ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan ariza va hujjatlar tanlov ishtirokchilariga qaytarilmaydi va ularga taqrizlar berilmaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq