2018-yilda 3 mlrd.dan ortiq Wi-Fi qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar jo‘natiladi
10.01.2018
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Wi-Fi Alliance tarmoq konsortsiumi analitik kompaniyalar prognozlarini umumlashtirdi va Wi-Fi tarmog‘i bu yilgi rivojini ta’riflash uchun ularni xususiy g‘oyalari bilan to‘ldirdi.

Bir yil mobaynida Wi-Fi qo‘llab-quvvatlanadigan 3 milliarddan ortiq qurilma jo‘natilishi kutilmoqda. Buni hisobga olgan holda, Wi-Fi qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalar soni 20 mlrd.dan ortadi. Yil oxirida faol qurilmalar, ya’ni foydalanilayotgan qurilmalar soni 9,5 mlrd. donaga yetadi.

Wi-Fi uy tarmog‘ini takomillashtirilib, korporativga yaqimlashtirmoqdalar, sababi borgan sari unga — o‘tkazish qobiliyati, funksionalligi, himoya darajasi bo‘yicha yanada yuqori talablar qo‘yilmoqda. Ilgari suruvchi omillarga intуrnуt vositalarga ulangan virtual yordamchilar, virtual rуallikning simsiz garnituralari, maishiy asboblarni kiritish mumkin.

Wi-Fi tуxnologiyasidan kengpolosali ulanishning imkoni bo‘lmagan mintaqalarda global tarmoqqa ulanish uchun keng foydalaniladi.

Bu yil bozorda ko‘p sonli mijozlar va katta o‘tkazish qobiliyatini ta’minlaydigan Wi-Fi qo‘llab-quvvatlanadigan yangi avlod — 802.11ax mahsuloti paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq