“Muvaffaqiyatli startap yaratish siri” mavzusida seminar
08.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Axborot texnologiyalar-innovatsion g‘oyalar va muvaffaqiyatli startap yaratish siri” mavzusida belaruslik mutaxassislar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Unda g‘oyalarni muvaffaqiyatli startapga aylantirishning asosiy bosqichlari, AT-loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Innovatsion rivojlanish guruhi hamda universitet talabalari ishtirok etdi.

Seminarda startaplar faoliyatini tashkil qilish, xodimlar tanlash, rag‘batlantirish, shuningdek, g‘oya yoki mahsulotning so‘nggi ko‘rinishi haqida so‘z yuritildi. Tinglovchilarda, ayniqsa, faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan, hatto eng yaxshi innovatsion g‘oya bilan ham muvaffaqiyatsizlikka uchrash mumkin bo‘lgan xatolar haqidagi ma’ruza alohida qiziqish uyg‘otdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq