Turizm sohasida innovatsion loyiha
04.01.2018
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2017 yil 6-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi hamda “Tehno Dargoh” MChJ o‘rtasida uch tomonlama kelishuv memorandumi asosida, Buxoro viloyatining 51ta (Poyi Kalon ansambli, Gavkushon madrasasi, Ko‘kaldosh madrasasi, Toqi sarofon, Toqi telpakfurushon, Toqi zargaron savdo toqlari, Lavi hovuz majmuasi, Nasriddin Afandi haykali, Nodir Devonbegi madrasasi, Yahudiylar Sinagogasi, Somoniylar maqbarasi, Ark qo‘rg‘oni va boshqalar) tarixiy ob’ektlarida QR kod o‘rnatildi.

Ushbu loyihaga ko‘ra viloyatning SMART turizm viloyati sifatida xalqaro turizm bozoridagi imidjni oshirish va sayyohlarga qulaylik yaratish uchun IT-texnologiyalardan faol foydalanish maqsadida «VERUM QR» qo‘shma loyihasini amalga oshirishning amaliy bosqichi boshlandi.

O‘rnatilgan QR kod lar 1 aprel kuniga qadar 12 ta tilda ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni mahalliy va xorijiy sayyohlarga 3 soniyada taqdim etadi.

O‘rnatish ishlarida “Tehno Dargoh” MChJ, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish inspeksiyasi xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur kodlar o‘rnitilgani zahotiyoq, mahalliy va xorijiy mehmonlarga katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur loyihalarni takomillashtirish maqsadida 2018 yilning fevral oyida qo‘shimcha turistik tashkilotlar (mehmonxona xo‘jaligi, restoranlar hamda arxeologik ob’ektlar)ga ham mazkur shakldagi kodlar o‘rnatilishi belgilab olindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq