Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AKT sohasida malakali kadrlar tayyorlash borasidagi islohotlar va amalga oshirilayotgan tadbirlar
29.12.2017
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

Ma’lumki, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlari va sohalari uchun yetuk bilimga ega oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi muassasalar sifatida davlatimiz va hukumatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada respublikamizning AKT sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash alohida o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan Respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2017-yil 15-martda «Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2834-son qarori qabul qilindi va universitetga ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti(TATU)da ham AKT sohasida kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish borasida zamon bilan hamnafas holda islohotlar va tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan, universitet va uning hududiy filiallarining 9 nafar professor-o‘qituvchilari 2017-yil 28-fevral–25-iyun muddatga Janubiy Koreyaning Xanyang, Seul fan va texnologiya milliy universiteti va Chung-Ang universitetiga malaka oshirish uchun yuborildi. Bu bilan ilg‘or universitetlarda fan va ta’limning zamonaviy sharoitlarida malaka oshirib qaytgan professor-o‘qituvchilarning soni 115 nafarga yetdi.

Universitet tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining yangi o‘quv rejalari xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalarining (Koreya Respublikasining Inxa, Chung-Ang, Kukmin, Yongam, KAIST, Seul fan va texnologiyalar universiteti, Koreya Milliy transport universiteti va boshqa) ijobiy tajribalari asosida ishlab chiqildi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi o‘quv rejalarining 60–70 foiz fanlari hamda magistratura mutaxassisligidagi o‘quv rejalarning 80–90 foizi yangi fanlarga almashtirildi. 2017–2018 o‘quv yilidagi o‘quv rejaga sanoat rivojlanishining 4-bosqichiga taalluqli bo‘lgan dasturlash va ma’lumotlar bazalarini yaratish, sun’iy intellekt tizimlari, axborot xavfsizligiga doir 10 dan ortiq yangi fanlar kiritilgan. AKT rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda, yangi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlash maqsadida 2018–2019 o‘quv yilidan yangi 10 ta, jumladan, Data Science, Tibbiyotda kompyuter tizimlari (TATU va Qarshi filialida), Sun’iy intellekt, Kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika, Raqamli iqtisodiyot, Mobil aloqa tizimlari, Sun’iy intellekt, Geoaxborot tizimlari, Elektron ta’lim tizimlari va texnologiyalari, Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari hamda tizimlari va Antennalar va o‘ta yuqori chastotali qurilmalar kabi magistratura mutaxassisliklari ochilishi rejalashtirilgan. 2018–2019 o‘quv yilidan universitetdagi ta’lim tizimini xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda, kredit tizimiga o‘tkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi va vazirlikka taqdim etildi.

Universitetda o‘tkazilayotgan qabul jarayonlarini shaffofliligini va adolatliligini ta’minlash, yosh abituriyentlar orasidan haqiqiy bilimga ega nomzodlarni saralab olinishiga erishish maqsadida 2017–2018 o‘quv yilida respublikada birinchi marta qabul jarayonlarida test sinovlari o‘tkazish joylarida biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi tatbiq etildi. Bu tizim test sinovlari o‘tkazishda oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash — kirish imtihonlar o‘tadigan hududlarda begona shaxslar hozir bo‘lishining oldini oladi. Joriy yilning 5-iyul kuni universitetning Maxsus fakultetiga test sinovlarini o‘tkazish jarayonida mazkur tizim o‘z samarasini ko‘rsatdi, ya’ni universitet Maxsus fakultetiga hujjat topshirgan 450 nafar abituriyent uchun test imtihonlari o‘tkazilganda, nomzod abituriyentlar orasida 16 nafar boshqa «abituriyentlar» borligi aniqlandi. Mazkur tizim ishga tushirilishi bilan joriy yil 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlariga 600 nafarga yaqin qo‘shtirnoq ichidagi «abituriyentlar» kelishmadi.

Universitetda xorijiy davlatlardagi ilg‘or universitetlar va ilmiy markazlarning yetakchi olimlarini pedagoglar va talabalar uchun seminar va treninglar, master-klasslar tashkil etish orqali o‘quv jarayoniga jalb qilish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, AQSH ning Vebster universitetidan professor-o‘qituvchilar tashrif buyurib, «Nanotexnologiya» fani bo‘yicha, Xitoy Xalq Respublikasining Huawei kompaniyasi mutaxassislarini tomonidan HAINA akademiyasida «Marshrutizatsiya va kommutatsiya» fanidan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalar uchun o‘quv-trening kurslari tashkil etildi. Britaniyaning Bat Universiteti (University of Bath)ning eksperti ishtirokida hamda Fido-Biznes, «UNICON.UZ», ASAP Solutions kabi soha korxona vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Italiyaning Parma universiteti va Qozog‘istonning Nazarboyev universitetidan ekspertlar taklif etilib, «Oliy ta’lim tizimini sifatli axborot bilan ta’minlash maqsadida axborot-resurs markazlarini rivojlantirish» mavzusida master klasslar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi PQ-2744-son Qarori bo‘yicha «Islom Karimov — ma’naviy jasorat sohibi» mavzusida uchrashuv-suhbat o‘tkazildi va taniqli siyosatshunoslar, davlat va jamoat arboblari tashrif buyurdi. Xitoy Xalq Respublikasi Tongji universitetining professorlari tomonidan «Odam yordamisiz harakatlanuvchi avtomobillar» mavzusida seminar tashkil etildi. Talabalarning veb-ilovalar yara-tish va veb-texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida «Web Application Development» mavzusida xalqaro seminar-trening tashkil etildi.

Fransiyaning Sarbonna universiteti bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining ERASMUSQ «TechReh» loyihasi doirasida seminar tashkil etilib, mazkur seminarda Italiyaning Sannino universiteti, Bolgariyaning Plovdiv universiteti va Portugaliya universitetlari ishtirokida «Tibbiyotda kompyuter tizimlari» yangi magistratura mutaxassisligi ochish bo‘yicha o‘quv reja muhokamasi va ushbu mutaxassislik uchun o‘quv laboratoriyasini tashkil qilish masalasi muhokama qilindi. Loyiha doirasida, TATU va Qarshi filialga «Tibbiyotda kompyuter tizimlari» yangi magistratura uchun 80 ming yevro qiymatidagi laboratoriya uskunalari yetkazilib o‘rnatildi. Bundan tashqari, 2018–2019 o‘quv yilida universitetning magistr talabari «Tibbiyotda kompyuter tizimlari» mutaxassislik yo‘nalishida Fransiyaning Sarbonna universitetida 5 oylik malaka oshirilishiga kelishildi. Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi doirasida «Intellektual binolar qurilishi va ekoqurilish standartlari sohasida o‘quv rejalarni modernizatsiya qilish» loyihasi bo‘yicha xalqaro seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda Italiya, Shvetsiya, Sloveniya, Avstriya, Rossiya, Belgiya, Mongoliya va xalqaro ilmiy tashkilotlarning mutaxassislari tashrif buyurishib, o‘zaro tajriba almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil sentabr oyida AQSHga tashrifi doirasida chet el mamlakatlarida istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizni O‘zbekistonga ishlash uchun taklif etilishi bo‘yicha AQSHning Luiziana universitetida doktorlikni himoya qilgan va ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritayogan yurtdoshimiz Farhod Alisherovni universitetga taklif etildi va ishga qabul qilindi. Isroil davlatining Xolon Texnologiya Instituti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, jumladan, professor-o‘qituvchilari uchun onlayn o‘quv-kurslarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilarni almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Robototexnika, Telemeditsina, Katta hajmdagi ma’lumotlar bazasiga oid fanlar bo‘yicha on-layn kurslar yuzasidan hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olindi. Koreya Respublikasining Axborot texnologiyalarini rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA) bilan ikki tomonlama Memorandum asosida 9 kishidan tashkil topgan delegatsiya universitet va filiallar professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi soha korxonalar: «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi, «UZINFOCOM» va «UNICON.UZ» markazlari xodimlari uchun «Ochiq kodli dasturiy mahsulot» mavzusida o‘quv-trening kurslari tashkil etildi.

«Axborot texnologiyalarining rivojlantirish istiqbollari» mavzusi doirasida «Informatika va kommunikatsion texnologiyalar ICISCT 2017» Xalqaro konferensiya o‘tkazildi va jahonning 8 davlatidan (Avstriya, Koreya Respublikasi, Italiya, XXR, Rossiya, Chexiya, Bolgariya, Litva) 15 nafar olimlari va xalqaro darajadagi ilmiy xodimlari tashrif buyurdi. Serbiya Xalqaro Elektronika va Elektrotexnika muhandislar instituti (IEEE) a’zosi Miroslav Skorich (Xorvatiya) ishtirokida universitet qoshidagi malaka oshirish tarmoq markazi tinglovchilari uchun «Radioaloqa va zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari» mavzusida o‘quv-trening kurslari tashkil etildi. Janubiy Koreyaning Sungsil universitetidan 3 nafar professor-o‘qituvchilar jalb etilib, 57 nafar TATU professor-o‘qituvchilari uchun 6 ta mutaxassislik fanlari bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarida hozirgi kunda TATU va uning filiallari-ning 2 nafar bakalavr, 22 nafar magistrant va 9 nafar doktorantlari xorijiy universitetlarda tahsil olmoqdalar.

Soha korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini olib borish maqsadida O‘zbektelekom AK, O‘zbekiston pochtasi AJ, Matbuot tarqatuvchi AJ, RRTM DUK, EMMM DUK, RAKM, Aloqabank ATB, Alskom SK, Hi-TechBank, UZINFOCOM, UNICON.UZ markazlarining, shuningdek, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekkino MA mutaxassislarini taklif etgan holda talabalar bilan AKTning istiqbolli sohalari bo‘yicha 40 dan ziyod uchrashuvlar tashkil etildi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU universiteti va Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronikalar universiteti (TUSUR) o‘rtasida hamkorlik Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur Anglashuv memorandumiga muvofiq, ikki universitet o‘rtasida o‘quv-uslubiy tajriba almashish va o‘quv fanlari laboratoriya mashg‘ulotlari uchun stendlar ishlab chiqarish yo‘nalishida hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan. TUSURda o‘tkazilgan davra suhbati davomida 20 dan ortiq xorijiy hamkor universitetlar rahbarlari tomonidan kadrlar tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida AKT sohasining holati va rivojlanish tendensiyasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU universitetida AKT sohasida kadrlar tayyorlashda olib borilayotgan islohotlar yuzasidan taqdimot qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi «Oliy ta’lim muassalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yana takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-3290-sonli Qaroriga asosan universitetga 1 ta va uning filiallariga 5 ta akademik litseylar biriktirildi va universitet va filiallar tuzilmasiga kiritildi. Biriktirilgan akademik litseylar bilan amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, qarorda belgilangan vazifalar, xususan, litsey bitiruvchilarini OTMlarga kirish ko‘rsatkichlarini oshirish yuzasidan kompleks choralar ko‘rilmoqda. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bilan ishlash ham tizimli yo‘lga qo‘yilgan, jumladan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi o‘quvchi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, iqtidorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2017-yil 13-mayda universitetda Toshkent shahridagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha jamoaviy musobaqa o‘tkazildi va 18 ta jamoa ishtirok etdi. Quvonarlisi shundaki, musobaqada 7 ta eng qiyin masalani ishlagan holda universitet qoshidagi akademik litsey jamoasi 1-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 23-martdagi 162-sonli buyrug‘iga asosan, «Kompyuter grafikasi» fanidan talabalar respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Olimpiada natijalariga muvofiq, 1-o‘rinni universiteti talabasi, 2-o‘rinni Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti talabasi, 3-o‘rinni Namangan davlat universiteti talabasi egalladi.

Akademik litsey va kasb-hunar kolejlari o‘quvchilari o‘rtasida 2017-yil 31-may–3-iyun kunlari umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan universitet qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi 2-o‘rinni egalladi va respublikadagi texnik yo‘nalishdagi universitetlarga imtihonsiz kirish uchun tavsiya etildi. Universitet va filiallarda iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida e’tibor berilmoqda. Iqtidorli talabalarning qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Universitetda iqtidorli talabalar, magistrlar va professor-o‘qituvchilarning dasturiy va texnik ishlanmalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Bunda universitetdagi talabalar tomonidan 90 dan ortiq, filiallardagi talabalar tomonidan esa 60 dan ortiq dasturiy va texnik ishlanmalar, xususan, Android, IOS va Windows operatsion tizimlarida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun Internet ilovalar namoyish etildi. Alohida ishlanmalar bo‘yicha 1 ta patent va 71 ta sertifikatlar olindi.

Universitetning 2 ta jamoasidan iborat 6 nafar talabasi va 2 nafar professor-o‘qituvchi dasturlash bo‘yicha «BSUIR OPEN 2017» finalida qatnashish uchun Belorussiyaga yuborildi. Shuningdek, universitetning yosh dasturchilar jamoasi Grodno davlat universitetida o‘tkazilgan dasturlash bo‘yicha ochiq chempionat finalida ham ishtirok etib, masala yechuvchi eng tezkor jamoa deb topilib, alohida diplom bilan taqdirlandi. Iqtidorli talabalar, magistrantlar va yosh olimlarning innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada talabalar va yosh olimlarning 126 ta dasturiy va texnik ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari namoyish etilib, eng yaxshi deb topilgan ishlanma egalari bo‘lgan 21 nafar talabaga diplom va sovg‘alar, faol ishtirok etgan talabalarga sertifikatlar topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida qoshida «Yosh analitiklar klubi» tashkil qilingan bo‘lib, unda universitetning 13 nafar iqtidorli, zukko, faol va vatanparvar talabalari faoliyat yuritmoqda.

Dasturlash bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etib, TATU va uning filiallaridan 96 nafar talabalar 32 ta jamoalarga bo‘lingan holda O‘rta Osiyo jamoalari orasida o‘tgan o‘quv yilida 1-o‘rinni egallashdi. «Telekommunikatsiya texnologiyalari» fakultetining 2 nafar talabasi va KAISTning Electrical Engineering departamentida 3-kursda, «Dasturiy injiniring» fakultetining 1 nafar talabasi esa School of Computingda 4-kursda ta’lim olish uchun yuborildi. O‘zbekistonda o‘tkazilgan dasturlash bo‘yicha Shimoliy Yevroosiyo submintaqaviy musobaqasida TATUning Urganch filiali va TATU oliy ta’lim muassasalari orasida 1 va 2-o‘rinni qo‘lga kiritib keyingi bosqichga chiqdilar. Moskva davlat universiteti esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. «IT-Planeta2016/17» Xalqaro olimpiadasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi talabalar va yosh mutaxassislar uchun har yili tashkil etiladigan ta’lim loyihasi hisoblanib, Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlarida AKT sohasida ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Mazkur xalqaro olimpiadaning final bosqichida Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatidan 340 nafar ishtirokchilari orasida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU universitetining Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talabasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Universitetining 10 nafar talabalari Rossiya Federatsiyasining M. A. Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekom-munikatsiyalar universitetida «Zimnyaya shkola — 2017» dasturi bo‘yicha «Internet Vehey (IoT)» yo‘nalishiga oid 2 haftalik o‘quv-kurslarida ishtirok etishdi. Toshkent shahrida «Ertangi kun bizniki, marra bizniki!» shiori ostida tashkil etilgan «Yoshlar haftaligi» tadbirlari doirasida o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari talabalar teatr studiyalari festivalida universitet Nukus filialining «Totuv» talabalar teatr studiyasi tomonidan namoyish etilgan «Qaydasan baxtim» spektakli «Mehr-oqibat tuyg‘ularini tarannum etuvchi spektakl» nominatsiyasiga munosib deb topilib, 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi. 2017-yilda universitetning 3 nafar yosh pedagoglari «Innovatsion va axborot texnologiyalarni qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog», «Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi» va «Innovatsiya va axborot texnologiyalarni qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog» nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Universitetning professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan «Kompyuter grafikasi va dizayn» o‘quv qo‘llanmasi «Yilning eng yaxshi darsligi» sifatida tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Har bir oliy ta’lim muassasasining, kerak bo‘lsa, xalqaro darajadagi nufuzi u yerda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion yo‘nalishlardagi faoliyati bilan o‘lchanadi. Bu borada universitetda 25 nafar fan doktorlari va professorlar, 4 nafar akademiklar va 103 nafar fan nomzodlari, dotsentlar tomonidan talabalar, magistrlar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilarni jalb qilgan holda, 39 ta fundamental, amaliy va innovatsion yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, jumladan, davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari hajmi 2145,18 mln. so‘mni tashkil etib, 215,0 mln. so‘m hajmda 5 ta fundamental, 1286,5 mln. so‘m hajmda 25 ta amaliy, 585,43 mln. so‘m hajmda 7 ta innovatsion va 58,25 mln. so‘m hajmda 2 ta yosh olimlar loyihalari olib borilmoqda. Har chorakda loyihalar bo‘yicha ishlarning bajarilishi monitoring qilinadi, uning natijalari Fan va texnologiyalar agentligiga taqdim etib boriladi. Ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha 2017-yilning noyabr oyi holatiga ko‘ra, 2 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma, respublika jurnallarida 60 ta va xalqaro jurnallarda 48 ta maqolalar, shuningdek, ilmiy-konferensiyalarda 256 ta tezislar (58 tasi xorijda) chop etildi, 21 ta mualliflik guvohnomalari va 3 ta patent olindi.

Universitetning professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari va talabalari tomonidan har yili o‘tkaziladigan innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida faol ishtirok etib kelinmoqda. 2017-yilda 86 ta ishlanma va loyihalar taqdim qilindi. Shulardan 4 ta ishlanma bo‘yicha umumiy qiymati 184,0 mln. so‘mlik shartnomalar imzolandi. Innovatsion faoliyatni yaxshilash maqsadida joriy yilda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va bakalavrlardan iborat 22 ta innovatsion guruhlar tashkil etildi va universitet kafedralari hamda korxonalar o‘rtasida innovatsion hamkorlik aloqalari tashkil etildi. Umuman, 2012–2017 yillar davomida TATU va uning filiallarida bajarilayotgan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida 309 ishlanmalar bilan ishtirok etishga erishildi. Universitetning iqtidorli talabalar, magistrlar va professor-o‘qituvchilarining dasturiy va texnik ishlanmalari ko‘rgazmalari tashkil etildi va ko‘rgazmada diqqatga sazovor bo‘lgan 27 ta veb-ishlanma, 67 ta dasturiy ishlanma, 33 ta apparat va texnik ishlanmalar hamda 8 ta o‘yin dasturlari ularni keng miqyosda targ‘ib qilish maqsadida www.innovation.tuit.uz veb-sahifasiga joylashtirildi. 2017–2018 o‘quv yilida TATU va uning filiallarida jami 326 nafar iqtidorli talabalar, 103 nafar magistrantlar va 21 nafar doktorantlar ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etilgan.

Universitetning Axborot-resurs markazida «UZbook mobil ilova» taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu dastur Markaziy Osiyoda birinchi marta yaratilgan bo‘lib, mobil telefonlar va planshetlar orqali audio-kitoblarni tinglash imkonini beradi. Uzbook audio-kutubxonasida o‘zbek adiblarining hamda chet el yozuvchilarining 880 dan ortiq asarlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida joylashtirilgan. 2017-yil davomida universitet huzuridagi doktorlik ilmiy darajasini beruvchi ixtisoslashtirilgan Kengashda 16 nafar ilmiy-xodimlar doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. 6-dekabrda yana 4 nafar doktorant va mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha muammoli seminardan o‘tdi. Cisco kompaniyasi bilan o‘quv laboratoriya xonalarini tashkil etish, seminarlar va o‘quv-kurslarini o‘tkazish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Yaponiyaning JICA tashkiloti tomonidan e’lon qilingan «ICT for the Improvement of Government Capacity and Services» grant dasturida universitetning 1 nafar yosh doktoranti g‘olib bo‘lib, 2017-yil mart–iyul oylarida Yaponiyaning Okinava xalqaro markazida tashkil etilgan 5 oylik malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi. Yaponiyaning JICA dasturi bilan 1,5 mln. AQSH dollari qiymatida Televizion texnologiyalari yo‘nalishida Media markaz loyihasi imzolandi. Hozirgi kunda Yaponiya bilan mazkur hamkorlik doirasida talabalarning televizion texnologiyalar sohasida laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlari va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga mo‘ljallangan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Media o‘quv markazi qurilib, ishga tushish arafasida turibdi, hozirgi kunda jihozlar olib kelish ustida ish olib borilmoqda. Universitetda jami kompyuter texnikalari soni 1624 tani tashkil etadi. 1400 dan ortig‘i bevosita o‘quv jarayonida ishlatiladi. 1385 ta kompyuterlar lokal, Internet va korporativ tarmoqlarga ulangan. Kompyuterlar parkini yangilab turish maqsadida har yili mazkur texnik vositalar xarid qilinadi. 2017-yilda 250 ta yangi kompyuter texnikasi xarid qilindi. Hozirgi kunda universitetda o‘quv laboratoriyalari soni 70 tani tashkil qiladi, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari 7 ta, 50 ga yaqin kompyuter va multimedia sinflari mavjud.

Universitetni rivojlantirishning 2018-yilga belgilangan asosiy rejalari quyidagilardan iborat:

  1. Yangi kiritilayotgan Data Science, Tibbiyotda kompyuter tizimlari (TATU va Qarshi filialida), Sun’iy intellekt, Kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika, Raqamli iqtisodiyot, Mobil aloqa tizimlari, Sun’iy intellekt, Geoaxborot tizimlari, Elektron ta’lim tizimlari va texnliogiyalari, Televideniye, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari hamda tizimlari va Antennalar va o‘ta yuqori chastotali qurilmalar kabi magistratura mutaxassisliklarini tashkil etish va unga doir me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish.
  2. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxasisliklarining o‘quv rejalarini AKTning rivojlanish istiqblilaridan kelib chiqqan hlida, sanoat rivojlanishining 4-bosqichiga oid yangi fanlar bilan modernizatsiya qilish hamda ushbu fanlardan o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlash.
  3. Professor-o‘qituvchilarning chet tilidan bilim darajasini muntazam oshirib borish, xorijiy davlatlarda malaka oshirishlari va stajirovkalarini tashkil etish.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son Qaroriga muvofiq, universitet va filiallarda tegishli o‘quv laboratoriyalarni tashkil etish.
  5. Universitet va filiallarning AKT infratuzilmasini xalqaro standartlar darajasida modernizatsiyalash, moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash.
  6. Yangi kiritilayotgan fanlardan lotin va kirill alifbliarida va Qoraqalpoq tillarida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish.
  7. Yaponiyaning JICA dasturi bilan mliiyalashtirilgan va qurib bitkazilgan televizion texnliogiyalar sohasida laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlari va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga mo‘ljallangan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Media o‘quv markazini foyda-lanishga topshirish.
  8. KOICA dasturi doirasida universitetning AKT infratuzilmasini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish.
  9. 2018–2019 o‘quv yilidan universitetda o‘quv jarayonini xalqaro tajribalardan kelib chiqqan hlida ta’limning kredit tizimiga o‘tkazish.
  10. Jahonning TOP-1000 reytingdagi universitetlari ro‘yxatiga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUni kiritish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish.
  11. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini yanada oshirish ustida tizimli ishlarni amalga oshirish.
  12. Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va talabalar, magistrantlar, yosh liimlar va professor-o‘qituvchilar uchun texnopark tashkil qilishdan iborat.
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq