Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i v.b.
29.12.2017
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi buyruq va farmoyishlari hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining 2017-yildagi ish rejasi bilan yuklatilgan vazifalar ijrosi muvafaqqiyatli yakunlamoqda.

Xususan, 2017-yilda Inspeksiya tomonidan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining qarori bilan tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga muvofiq 25ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshirishlar o‘tkazilib, 24ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yozma ko‘rsatmalar berildi;

2017-yil davomida 25ta davlat organlarida AKTni joriy etish va rivojlantirish holati bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi va tegishli xulosalar berildi hamda 106ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali aholiga va tadbirkorlik subyektlariga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatilishi monitoring qilindi;

Aholiga ko‘rsatilayotgan axborot-kommunikatsiya va aloqa xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida qurilishi tugallangan 2662ta mobil aloqa obyektlari foydalanishga qabul qilindi. Yangi qurilmalarning ishga tushirilishi natijasida iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanishi barobarida, mobil aloqa abonentlarining qo‘shimcha xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaydi;
2017–2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» davlat dasturiga muvofiq Inspeksiya rahbariyatining fuqarolar qabul soatlari kengaytirilib, respublikamizning viloyat markazlari, shaharlar, qishloqlar va uzoq aholi yashaydigan maskanlarda Inspeksiya rahbariyati va hududiy bo‘linmalari boshliqlari tomonidan 171ta sayyor qabullar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa vositalar orqali kelib tushgan umumiy hisobda jami 7837ta murojaatlar ko‘rib chiqildi. Respublikamiz aholisi va tadbirkorlik subyektlarining murojaat qilishlariga qulay sharoit yaratish maqsadida Inspeksiyada «Ishonch telefoni» 1144 qisqa raqami 2017-yil 1-avgustdan ishga tushirilib, u orqali bugungi kunga qadar 1940ta murojaat qabul qilindi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar vakolat doirasida hal etilib, tegishli tushuntirishlar berildi.

Inspeksiyaga 2017-yil davomida kelib tushgan jami 7837ta murojaatlarning 2176tasi, ya’ni 27,7 foizi internet xizmatlari yuzasidan, 1966tasi, ya’ni 25 foizi mobil aloqa xizmatlari, 1849tasi, ya’ni 23,5 foizi, mahalliy telefon aloqasi xizmatlari, 947tasi, ya’ni 12 foizi, pochta aloqasi va davriy matbuotni tarqatish xizmatlari, 712tasi, ya’ni 9 foizi teleradio dasturlarini tarqatish xizmatlari va 187tasi, ya’ni 2,3 foizi Inspeksiya vakolatiga taalluqli bo‘lmagan masalalardir.

7837ta murojaatlardan 2456tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 2774tasi «Ishonch telefoni», 1225tasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri virtual qabulxonasi, 359tasi Vazirlik orqali yuqori tashkilotlardan, 283tasi Inspeksiya boshlig‘ining virtual qabulxonasi, 56tasi xalq qabulxonalari, 33tasi rahbar sayyor qabullari, 93tasi pochta orqali yozma; 240tasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, 317tasi Inspeksiya va hududiy bo‘linmalar rahbariyati sayyor qabullari orqali, bittasi ommaviy axborot vositalari orqali kelib tushgan.

7837ta murojaatlardan 946 tasi korxonalar aybi bilan deb topilgan murojaatlardir, ulardan 365 tasi, ya’ni 38,5 foizi mahalliy telefon aloqasi xizmatlari yuzasidan; 280 tasi, ya’ni 29,5 foizi ma’lumot uzatish tizimlari va internet xizmatlari yuzasidan, 143tasi, ya’ni 15,1 foizi mobil aloqa xizmati, 102tasi, ya’ni 10,7 foizi pochta aloqasi xizmati, 50tasi, ya’ni 5,2 foizi teleradio dasturlarni tarqatish hamda kabel televideniyesi xizmatlari, 6tasi, ya’ni 0,6 foizi matbuot tarqatish xizmati yuzasidan kelib chiqqan shikoyatlardir.

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning noqonuniy ishlatilishining oldini olish maqsadida vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 191ta qo‘shma tadbirlar o‘tkazildi. O‘rganishlar davomida 21ta shaxsning 64ta radioelektron vositalarni noqonuniy ishlatayotganligi aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi;

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar talablarini buzgan 102ta shaxsga nisbatan Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi»ning tegishli moddalariga asosan 42 536 100 so‘m miqdorida ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi; Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining sifat normativlari bajarilishi hamda aloqa tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida aloqa sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati normativlari buzilganligi uchun ularga nisbatan 960 200 000 so‘m miqdorida moliyaviy sanksiyalar qo‘llanildi;

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida qabul qilingan Farmon va Qarorlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlarning ko‘rsatilayotgan davlat interaktiv xizmatlaridan foydalanishini kengaytirish maqsadida 2017-yil davomida bevosita joylarga chiqilib, 2067ta subyektlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Shu maqsadda 4251 tadbirkor va korxonalar xodimlari ishtirokida 519 marotaba seminarlar tashkil etildi. 215ta «Ochiq eshiklar kuni» tadbirlari o‘tkazilib, unga 2250 tadbirkor va fuqarolar jalb etildi. 538ta muammoli masalalari ko‘rib chiqilib, ijobiy javoblar berildi. Tekshirishlarni tartibga solishga doir qonun hujjatlari talablarini targ‘ib qilishga qaratilayotgan e’tibordan kelib chiqqan holda, ommaviy axborot vositalarida 1599 marta chiqishlar qilindi. Ushbu o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar jarayonida 388ta tadbirkorlik subyektlarining xato va kamchiliklarining 805 tasi bartaraf etilgan bo‘lsa, 578 tasining oldi olindi.

Inspeksiyada tashkil etilgan Jamoatchilik maslahat kengashi tomonidan olib borilgan tahlil ishlari natijasida tadbirkorlik subyektlarining barqaror rivojlanishi yo‘lida to‘siq va g‘ov bo‘layotgan 4ta muammoli masala aniqlanib, ular yuzasidan tegishli Vazirlik va yuqori turuvchi tashkilotlarga takliflar yuborildi.

Inspeksiyaning 2018-yil rejalari

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi-da»gi PF-4848-son Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda, sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qoidabuzilishlarning oldini olish, ularga normativ-huquqiy hujjatlar talablari bo‘yicha keng tushunchalar berish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni tekshirishlargacha bartaraf etish yuzasidan profilaktika ishlarini tashkil etish va o‘tkazish;
  • 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bilan belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash;
  • uzoq qishloq va chekka aholi yashash maskanlaridagi aholi bilan uchrashuvlarni tizimli davom ettirish hamda tushayotgan murojaatlarni o‘rganib chiqish va samarali hal etish;
  • sifatli aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini uzluksiz ishlashini tizimli monitoringini amalga oshirish;
  • Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda telekommunikatsiya xizmatlari sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash vositalari va komplekslari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;
  • aloqa xizmatlarining sifat ko‘rsatkichlari va normativlarini takomillashtirish choralarini ko‘rish;
  • malakali mutaxassislar tayyorlash va ularning bilimlarini doimiy mustahkamlab borish.
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq