Xitoyning iFlytek Xiaoyi roboti shifokorlik litsenziyasini oldi
28.12.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Robotlar insonlarni xuddi tirik shifokor-inson kabi davolaydi — bu so‘zsiz tibbiyotning kelajagidir. Shu vaqtgacha mazkur g‘oya faqat xomxayol edi. Biroq yaqinda Xiaoyi laqabli xitoy boti tibbiy litsenziya olish uchun imtihon topshirdi va bemorlarni davolash huquqiga ega bo‘lib, jahonda birinchi shifokor robotga aylandi.

Test natijalariga muvofiq, 456 ball olishga muyassar bo‘ldi, bu esa talab etiladigan ko‘rsatkichdan 96 ball yuqoridir, — xabar berilgan Robotics.ua manbasida. Mazkur robot taniqli xitoy kompaniyasi AI iFlytek Co tomonidan ishlab chiqilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, tashqi qiyofasidan u mashhur ijtimoiy Softbank Papper robotining aniq nusxasidir. Dastlab apparat bemorlar tashxisini to‘plash va tahlil qilishga mo‘ljallangandi. Endi ishlab chiqaruvchilar Xiaoyi juda qobiliyatli bo‘lib, litsenziyali shifokor, hech bo‘lmaganda maslahatchi bo‘lishga munosib ekanligini isbotladilar.

Bularning barchasi mamlakatning rurli sohalar, jumladan, tibbiyot va maishiy elektronikaga texnologiyalar integratsiyasini oshirishga bo‘lgan intilishidir u. Xitoy allaqachon SI sohasida AQSH va Yevropa qatorida yetakchilikka da’vogar bo‘lib hisoblanadi. SI texnologiyalarning qo‘llanilishi yo‘nalishlaridan biri tibbiy tadqiqotlar va sog‘liqni saqlash bo‘lib hisoblanadi. Ulardan ko‘pchiligi bemorlarni jismoniy parvarishlashda yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan, biroq hozirgi davrdayoq Stenfordda ishlab chiqilgan CheXnet dasturi kabi odamdan ko‘ra bemorlardagi og‘ir kasalliklarni aniqlash, tashxis qo‘yishda o‘zini ko‘rsatdi. Bunday maqsadlar tomon intilib, iFlytek kompaniyasi shifokorlardan ishlarini tortib olmaydigan, balki ularga ish samaradorligini oshirish, ayniqsa, tashxis qo‘yishda yordam beradigan Xiaoyi robotidan foydalanishni rejalashtirgan.

«Biz robotni rasman 2018-yil mart oyida ishga tushirishni mo‘ljallaganmiz. U shifokorlar o‘rnini egallash uchun emas, balki yordamchi vazifasini bajaradi. U odamlar va mashinalar hamkorligini yaxshilash, davolash samarasini oshirishga mo‘ljallangan», — deydi iFlytek Lyu Sinfen rahbari.

Manbalardan robotics.ua bergan ma’lumotlariga asosan iFlytek texnologiyasining xususiyati shundaki, undan saratonni davolashni yaxshilash hamda umumiy amaliyotni o‘rganishga yordam berishi mumkin. «Umumiy amaliyot shifokorlari, ayniqsa, qishloq joylarda doim yetishmaydi. Umid qilamizki, SI sifatli tibbiy yordam olishda ko‘pchilikka yordam beradi», — qo‘shimcha qildi Sinfen. Shu tariqa, hozirgi vaqtda SI tibbiy sohaga kirib kelishidan cho‘chishning hojati yo‘q. Robotlar o‘z hamkasblari haqiqiy inson shifokorlar o‘rnini egallash emas, balki bemorlarni ham cho‘chitmay, ularning imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq