Xiaomi iHealth Portable Thermometer aloqasiz termometri
28.12.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Xiaomi iHealth Portable Thermometer — bu kontaktsiz termometr bo‘lib, bir soniyada haroratni 0,1°S gacha aniq o‘lchab ko‘rsatadi. Texnologik gadjet infraqizil datchik bilan jihozlangan, unga tegish talab etilmaydi va haroratni 3 santimetr masofadan aniq o‘lchaydi.

Natija raqamli ko‘rinishda displeyda aks etadi. iHealth Portable Thermometer smartfon yoki internetga ulanishni talab etmaydi, yangilanish yoki sozlashning hojati yo‘q. Foydalanishni boshlash uchun qurilmaga batareyka qo‘yilsa bo‘lgani. Haroratni o‘lchash uchun qurilmani uning infraqizil datchigi o‘lchash kerak bo‘ladigan joydan 3 santimetr masofada yo‘naltirib qo‘yish zarur. Shundan keyin o‘lchash tugmasini bosishning o‘zi kifoya va bir soniyada natija gadjet displeyida aks etadi. Bundan tashqari, haroratni muvaffaqiyatli o‘lchash amalga oshganidan keyin yengil vibratsiya bilan signal beradi.

Termometrda haroratni o‘ta aniq o‘lchash uchun Germaniyada ishlab chiqilgan infraqizil datchik, shuningdek, yaqinlashish datchigi va kompensatsion datchik bilan jihozlangan. Natija juda aniq bo‘lishi uchun termometr 30 milimetr masofaga yaqinlashishi zarur, yaqinlashish datchigi foydalanuvchi xato natija olmasligini ta’minlaydi: masalan, agar o‘lchash davrida qurilma 3 santimetrdan uzoq yoki aksincha, yaqin joylashgan bo‘lsa, displeyda raqam o‘rnida xato to‘g‘risida xabar paydo bo‘ladi. Kompensatsion datchik foydalanuvchiga haroratni aniq o‘lchashga javob beradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq