Tokiyo universitetida smartfonda foydalanish rejalashtirilayoygan o‘zi qayta tiklanadigan material ixtiro qilindi
28.12.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Zamonaviy smartfon foydalanuvchilari ular tushib ketib, singanida qurilma ekranini almashtirish uchun katta mablag‘ sarflaydilar.

Keyingi yillar mobaynida barcha mamlakatlar olimlari shikastlangan mobil qurilma ekranida mustaqil tiklanuvchi texnologiyalarni yaratish ustida ish olib bormoqdalar. Joriy yil avgust oyida Motorola yuzasida tilinish va yorilish mavjud bo‘lgan joylarida shikastlanish hamda qizdirish vositasida bartaraf etadigan polimer displey uchun patent olishga muyassar bo‘ldi. Shuningdek, bu yil Kaliforniya va Kolorado Universitetlari olimlari buzilishdan keyin o‘z holiga qaytish va o‘lchamidan 50 marta cho‘zila oladigan material yaratdilar.

Bu borada Tokiyo universitetidan yangi axborot ma’lum qilindi. Professor Takudzo Aida (Takuzo Aida) rahbarligidagi bir guruh tadqiqotchilar shishaga juda o‘xshash, o‘zi tiklana oladigan yangi polimer ixtiro qildilar. Odatda polimerlar ma’lum darajada qizdirilganida tiklanadi, biroq mazkur material iliq harorat ostida o‘z strukturasini o‘zgartira oladi, uni inson qo‘li bilan boshqarish mumkin. Yangi material poliefir-tiomochevina nomini oldi, uni polimerlarni yelimlash uchun modda sifatida bir talaba tasodifan ixtiro qilgan. Ekspertlar mazkur materialdan kelajakda smartfon ekranlari shisha qoplamasi o‘rnida foydalanish mumkinligini ta’kidlamoqdalar, biroq texnologiyaning tijoratga chiqarilishi hozircha ma’lum qilinmagan.

Manba: www.theguardian.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq