Robotlar jurnalistlar o‘rnini bosa oladimi?
28.12.2017
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: .

2017-yil yanvar oyida OAVda shov-shuvli yangilik xabarlari paydo b‘oldi: Xitoyning «Southern Metropolis Daily» gazetasida jurnalistikaning tarixida birinchi marta robot tomonidan yozilgan xabar nashr etilgan. Bu juda ta’sirli eshtiladi: robot-jurnalist.

Ommaviy axborot vositalari sun’iy idrokdan turli sohalarda foydalanish mavzusini doim yoqtirib, yoritganlar va bu xabarda esa o‘z sohalarida shu holga duch keldilar. Shu xabar munosabati bilan yaqinda jurnalistlik kasbi yo‘qolib ketadi, degan gaplar paydo bo‘ldi, odamlar yangiliklar yozish bilan shug‘ullanishni to‘xtatib, bu sohada robotlardan foydalanadilar, degan mavzuda xabarlar chop etila boshlandi.

OAV muxlislari ham bu xabardan ta’sirlandilar: «robot-jurnalist» iborasini eshitganingizda, tassavvurda tahririyatning xayoliy manzarasi shakllanadi, unda androidlar kompyuter klavishlarida matn terib turgan holati yoki gazetalardagi materiallarni yaratishlari namoyon bo‘lishi mumkin. Ular nashrlarni nafaqat sahifalash, balki bosmaxona stanoklarida ham o‘zlari chop etishlari ko‘z oldimizga keladi. Shundan keyin OAV tarixida nasriyotchi-androidlarga mukofotlar taqdimotlari e’lon qilinadi.

Aslida, bu juda ajoyib voqelikdir. Xitoy gazetasidagi xabar mavzusi Guanchjou festival mavsumi bilan bog‘liq bo‘lgan «sayyohlik isitmasi» ga bag‘ishlangandi. Hisobot davrida aniq statistik ma’lumotlarga tayanib, taqdim etilgan ma’lumotlarning oddiy xulosasi bilan yakunlangan xabar berilgandi: festival sababli Guanchjouga juda ko‘p sayyohlar tashrif buyurgandi. Xitoy gazetasidan keyin bu haqda, Britaniya yangiliklar agentligi Press Association sun’iy intellektdan foydalanib, Birlashgan Qirollik va Irlandiyadagi joriy yangiliklarni yoritishga urinishni rejalashtirdi. To‘g‘ri, robot-jurnalistlar faoliyati yangiliklar, sport xabarlari (musobaqalar, g‘alaba va mag‘lubiyatlar) hamda saylovlar haqida (bir so‘z bilan aytganda, robotlar tomonidan saylov ma’lumotlarini qayta ishlash va natijalarini ma’lum qilish) bilan cheklanadi, ya’ni robotlar oddiy ma’lumotlarni qayta ishlash va monitoring qilish bilangina shug‘ullanadi.

Tahririyat botlari
Adolat bilan aytganda, media ommaviy axborot vositalarining kelajagi allaqachon kirib keldi. Hozirgi kundayoq yangiliklarda botlardan foydalanilmoqda. Jurnalning batafsil sharhlarida tahlilchilar Wired texnologiyalari haqida hozirgi kunlardayoq axborot agentliklariga nisbatan botlar ancha mashhur ekanligini ta’kidlamoqdalar. Ularning indekslari yuqori bo‘lib, o‘quvchilar ham ularni qog‘oz gazeta-jurnallarga nisbatan afzal ko‘rmoqdalar. Ularda hodisalar tezkor tarzda bayon etilmoqda, voqea mazmuni sodda va tushunarli tarzda shakllantirilmoqda. Robot-botlarda aniqlik yuqoriroq. Yangiiklarning matnidagi mazmun hajmining kattaligiga «xushlari yo‘q», shuning uchun ular bergan ma’lumotlarining aniqligi va ishonchliligi shubha ostida qoladi. Keyingi vaqtlarda bu bilan bog‘liq fikrlar ko‘p: ba’zan aslida, sog‘lom mashhur insonning vafoti haqida xabar beriladi, ba’zan esa tasdiqlanmagan muhim davlat hujjatlari chop etiladi.

Biroq tezkorlik, dolzarblik juda qimmat — eng muhim jihat bo‘lib hisoblanadi. Ba’zan «katta» nashrlar ko‘pincha axborot agentliklarining botlarini afzal ko‘radi. Ular uchun yangiliklardan tezda xabardor qilish muhim bo‘lib hisoblanadi. Berilgan xabarni rad etish, uni olib tashlash yoki tuzatish doimo mumkin bo‘ladi.

Ommaviy axborot vositalari hozirgi vaqtda oson bo‘lmagan davrni boshdan kechirmoqda, shuning uchun jurnalistikaga robotlarni jalb qilish mavzusi ham dolzarbdir. Gazeta va jurnallar botlar va ijtimoiy tarmoqlar bilan aniqlik va samaradorlik borasida raqobatlashishga va hech bo‘lmaganda, ular bilan mujassamlashishga majbur. Biroq soxta yangiliklar yuzaga kelishi haqida unutmaslik zarur.

Bu holatda robotlar va botlar yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengish uchun qo‘l keladiganga o‘xshaydi: ishonchli, dolzarb, o‘quvchilar ishonchini qozonish mumkin bo‘lgan xabarlardek tuyuladi.

Guanchjoudan kelgan xabar muharrirlar va jurnalistlar uchun eng yaxshi sovg‘a bo‘ldi. Sun’iy intellekt ularni ishning eng ko‘p vaqt talab qismidan: yangiliklarni qidirish, tekshirish va tarjima qilish kabi murakkab ishlardan ozod qilishi mumkin. Ilgari, har bir nashrlar bu ishlar uchun yosh havaskor-ijodkorlar va talabalarni ishga olishga majbur edi, ular matnlarni tarjima qilish va yangiliklar matnlarini tayyorlash ishlarini amalga oshirardilar. Yaqin kelajakda bu «qora ishni» amalga oshiruvchilardan ommaviy ravishda voz kechilishini kutish mumkin. Har qanday nashr jumboqli xabarlarni izlash uchun yangilik robotini dasturlashtira oladi va shu bilan ish osonlashadi.

Xuddi shu robotni jurnalistika sohasidagi barcha ishlarni, jumladan, materialdagi faktlarni haqiqatan ham to‘g‘riligini tekshirib turish yoki alohida «haqiqatni aniqlash» ishlari bilan shug‘ullanishi ham mumkin. Algoritm xabarni tasdiqlash uchun qidirishi mumkin. Misol uchun, adabiyotda Nobel mukofoti sovrindorining vafoti haqida xabar berishdan oldin (va bunday ish yaqinda sodir bo‘lgandi), noma’lum manbadagi matnni ko‘chirishdan oldin bu fojiali voqea haqida bir necha xabarni topish bilan shug‘ullanishi mumkin.

Robot-yozuvchi haqida afsona
Robotlar tomonidan yaratilgan axborot xabarlarining paydo bo‘lishi barcha uchun to‘g‘ri kelmaydi. Nufuzli amerika ilmiy jurnalining muallifi Jon Si Dvorjak «Robot-yozuvchi afsonasi» nomli xabarni nashr etdi. Unda matbuotning porloq kelajagi haqida hech qanday gap yo‘q edi. Robot matn muallifining munosib yordamchisi bo‘lishi mumkin, deyiladi unda, biroq yozuvchi o‘rnini almashtirolmaydi. Yana bir misol — Vikipediya — qog‘oz ensiklopediyalar bozorini o‘ldirmadi, biroq u biroz o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.

Shubhasiz, ba’zi jurnalistik materiallarni yaratishga robotlarning kuchi yetmaydi. Har holda, hozir shunday. Xabarlar, sharhlar, tahliliy materiallar muallifdan faqat ma’lumot to‘plash qobiliyatini talab qilmaydi. Hech bo‘lmasa, tizimlashtirilgan bo‘lishi kerak — bu ishlarni robotlar bajara olishi mumkin emas. Bundan tashqari, jurnalistga muayyan darajada o‘z fikrini aks ettirishi va to‘plangan materiallarni baholashi, xulosa chiqarishi kerak. Bu janrlarning xarakterli xususiyati, aniq, stilistika uslublariga xos bo‘lishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Jurnalistik material qanchalik ijodkorlikni talab etsa, badiiy bo‘yoqlari ko‘proq bo‘lsa, bu yerda robotlarga joy shunchalik kam bo‘ladi.

Plagiatga qarshi dasturva matn generatori
Bularning barchasi hozir faqat ko‘ngil ochish uchun mavjud. Robot har qanday ishni tez bajarsa-da, qo‘pol ravishda amalga oshiradi. Robotlardan foydalanishning eng ommaviy sohasi — plagiatni izlashdir va bunday dasturlar asosan PR-mutaxassislari tomonidan qo‘llaniladi. Bunday holda, algoritmlar har qanday matnda izlangan maqsadni (biror materialning paragraflaridan biri, dasturga ko‘ra, 90% original va boshqalarni topadi, masalan: «adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti» iborasi robot tomonidan o‘g‘rilik deb hisoblangan).

Har qanday qidiruv tizimidagi oddiy so‘rovlar ko‘pgina matn generatorlariga olib keladi — garchi ular asosan veb-dizaynerlar uchun «baliqni tayyorlash» kabi yaratiladi. Zamonaviy texnologiyalar taqdim etadigan barcha narsa ma’lum bir hajmdagi harflarning to‘plamidir. Ayni paytda aqliy mehnat sohiblari xotirjam ishlashlari mumkin — robotlar yaqin kelajakda ularning nonlarini tortib ololmaydi. Biroq sun’iy idrokni hamkasb-yordamchi sifatida qabul qilib, eng qimmatbaho bo‘lib hisoblangan vaqtni tejashlari mumkin, aslida hozirgi robotlar baribir, mustaqil ijod qila olmaydi.

Manba: https://iq.intel.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq