Parker qo‘shimcha reallikni qo‘llab-quvvatlovchi interaktiv ayiqcha
28.12.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Parker — bu interaktiv yumshoq ayiqcha bo‘lib, maktabgacha tarbiya yoshidagi kichkintoy-bolajonlarning haqiqiy do‘stidir. Interaktiv o‘yinchoq smartfon yoki planshet bilan hamkorlikda amal qiluvchi qo‘shimcha reallik qo‘llab-quvvatlanadigan o‘yinchoqdir.

Parker kichkintoyga san’at, matematika, biologiya va boshqa fan sohalarini o‘rganishga yordam beradi, buning uchun ilovada juda ko‘plab o‘yinlar va boshqotirmalar tanlovi mavjud. Ayiqcha hatto «davolay oladi», yetkazib beriladigan komplektida interaktiv termometr, o‘yinchoq stetoskop va boshqa qurilmalar mavjud. Komplektida Parkerning yog‘och qoshig‘i va butilkacha, rukzak va uning bolaga bag‘ishlangan maktubi mavjud. Kichkintoyda Parkerga mehribonlik qilish, mas’uliyat hissi shakllanadi, qaror qabul qilish va raqamli olamni o‘zlashtira boshlaydi. Parker — bu oddiy yumshoq ayiqcha o‘yinchoq. Uning bo‘yi 30 santimetr va u gipoallergen materialdan ishlangan bo‘lib, oq ayiq rangli yumshoq ipak momiq bilan qoplangan o‘yinchoqdir. Ichida hech qanday elektronikasi mavjud emas, shuning uchun ham o‘yinchoq kichkintoy uchun xavfli emas: Parkerning mobil ilovasi Wi-Fi yoki Bluetoothdan foydalanmay, uning qornidagi bezagidan taniydi.

Parker bilan oddiy o‘yinchoq ayiqcha kabi o‘ynash mumkin, biroq u o‘z imkoniyatlarini namoyon etishi uchun smartfon yoki planshetga Parker deb atalgan ilovasini yuklab olish zarur. O‘yinchoq bolakay uchun umuman xavfsiz: unda batareya ham, Wi-Fi datchik ham mavjud emas. Mobil ilova ayiqchani uning qornidagi bezagini qurilma kamerasi orqali «ko‘rib» taniydi. Parker bolakayni mas’uliyat va g‘amxo‘rlikka o‘rgatadi: ba’zan ayiqcha «kasal bo‘lib qoladi» va uni davolashga to‘g‘ri keladi. Ilovasining tegishli funksiyasi orqali va postavkasi yordamida o‘yinchoqni «rentgen» qilish va unga interaktiv dori berish mumkin. Interaktiv termometr va o‘yinchoq stetoskop yordamida bolakay asta-sekin harorat o‘lchash va yurak urishini eshitishi mumkin. Ayiqchani «davolab» shu tariqa muammoni hal qilish mumkinki, bunda Parkerning baxt koeffitsiyenti oshganligini bola his etadi. Mazkur koeffitsiyent qancha yuqori bo‘lsa, o‘yin davrida «sehrli» funksiyalardan foydalanish shunchalik ko‘p bo‘ladi. Ko‘rsatkichlarni mobil qurilma kameralari yordamida tekshirish mumkin bo‘ladi.

Parker — interaktiv o‘yinchoq bo‘lib, uni o‘ynab turib, o‘rganish mumkin. Kichkintoy planshet ekranida nuqtalarni birlashtirib, shaxsiy rasmlarini yoki qo‘shimcha reallik yordamida sehrli kamera effektidan foydalanib, fotosuratlar yaratishi mumkin. Topishmoqlar, boshqoirma, topqirlik va o‘yinlar yordamida Parker bolalarga matematika va biologiya asoslarini o‘rgatadi, uning sonlar bilan ishlash savodxonligini oshiradi, shuningdek, tanqidiy tafakkuri malakalarini rivojlantirishga yordam beradi. Parkerga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish oson: bu o‘yinchoqda elektron qismlar mavjud bo‘lmaganligi sababli uni kir yuvish mashinasida sovuq suvda, zarur rejimda yuvish yoki vaqti-vaqti bilan nam latta va yuvish vositalari yordamida tozalash mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq