IDC ekspertlari 2018-yilda «raqamli transformatsiya»ga deyarli 1,3 trln. dollar ajratilishini kutmoqdalar
28.12.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

IDC analitik kompaniyasi mutaxassislari kelasi yilda «raqamli transformatsiya»ga, uskunalar, dasturiy ta’minot va servislar uchun xarajatlar 1,3 trln. dollarga yaqinlashishini kutmoqdalar. Bu ko‘rsatkich joriy yildagi 1,1 trln. dollarga baholanganiga nisbatan taxminan 16,8 foizga ko‘proq.

IDC ma’lumotlariga ko‘ra, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ko‘proq raqamli texnologiyalarga o‘tishda xarajat sarflaydilar. Prognoz berishlaricha, 2018-yilda mazkur ehtiyoj uchun 214 mlrd. dollar sarflaydilar. Prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda 133 mlrd. dollar professional xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalarga sarflanadi. Uchinchi o‘rinni jarayonli ishlab chiqarish (132 mlrd. dollar), to‘rtinchi o‘rinni — transport (127 mlrd. dollar) sohalari egallaydi.

Shu bilan birga, «raqamli transformatsiya» uchun xarajatlar qurilish sohasida (yiliga 32,1% ) va chakana savdo sohasida (21,9%) hammadan tez o‘smoqda.

Manba: www.idc.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq