HUBO Koreya androidiga olimpiya mash’alasini yetkazishni ishondilar
28.12.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Mash’alani navbatdagi olimpiada musobaqalari o‘tkaziladigan manzilga yetkazib berish olimpiada an’analaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Unga muvofiq olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan manzilga mash’ala turli mashhur sportchilar qo‘llaridan o‘tib, yetkazib beriladi.

2018-yilda Olimpiyada o‘yinlari Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida o‘tkaziladi, hozirgi davrda tashkilotchilar Olimpiada bilan bog‘liq ko‘plab tadbirlarni tashkil etmoqdalar. Tadbirlardan biri doirasida, Koreya ilg‘or texnologiyalar instituti tomonidan ishlab chiqilgan HUBO robot-gumanoidining Olimpiya mash’alini ramziy yetkazib berishidir, — deydi Robotics.ua.

HUBO mash’ala bilan g‘ishtli devorga qadar faqat 150 metr harakatlandi. O‘z majburiyatlari doirasida u devordan teshik, ochib mash’alani inson qo‘liga topshirgan holda, avariyaviy holat operatsiyalarini namoyish etdi. «Robot innovatsiyalar va ijodni uyg‘unlashtirilishining namoyishi sifatida o‘ylab ishlab chiqarilgan», — deydi PyeongChang 2018 LEE Hee-beom tashkiliy qo‘mitasi prezidenti. Shuni ta’kidlash kerakki, bu Koreyada ishlab chiqilgan gumanoid-robot uchun unchalik qiyin bo‘lmagan va katta ish emas. Uni dastavval robot-qutqaruvchi sifatida yaratganlar. Uning ikki sharnirli qo‘li mavjud bo‘lib, daqiqasiga 65 qadam tezlikda harakatlana oladi. «Axborot texnologiyalari — PyeongChang 2018 qishki olimpiada o‘yinlarining asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi, biz olimpiada o‘yinlari tarixida eng ilg‘or texnologik hodisa bo‘lishiga intildik. Bugungi kunda bevosita Olimpiada ishqibozlari oldida jahonga o‘z imkoniyatlarimizdan birini namoyish etishga sazovor bo‘lmoqdamiz».

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq