«Aqlli » avtomobil o‘rindig‘i haydovchini yaqinlashayotgan xavfdan ogohlantiradi
28.12.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Tachi-S kompaniyasi harakatlanish davrida haydovchiga yordam berib, ish tizimini yaxshilash uchun «aqlli» avtomobil o‘rindig‘i prototipini namoyish etdi. O‘rindiq turli tomondan vibromotorlar bilan jihozlangan. Dinamikasi va butun tizim bort kompyuteriga ulangan.

Dinamikasi orqali haydovchiga yaxshi eshitiladigan navigatsion ko‘rsatkichlar va turli topshiriqlar namoyon bo‘ladi. Mazkur ovozli xabarlar yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaydi, ular bemalol mudrab, muhim so‘zlashuvlar bilan band bo‘lishlari mumkin. Vibromotorlar esa haydovchini turli xavfdan ogohlantirish uchun mo‘ljallangan. Masalan, o‘rindiqning aniq bir tomonga vibratsiyasi yo‘l harakati hududida boshqa ishtirokchi mavjudligidan darak beradi.

Bundan tashqari, salonning ichki datchiklari va kameralari tomonidan haydovchida charchoq alomatlari sezilsa, vibratsiya va ovozli signal haydovchini doim tetik bo‘lishiga yordam beradi. «Aqlli» o‘rindiq ishlanmasini yaratishda Clarion mutaxassislari ishtirok etdilar. Yangilikning avtomobil bozoriga tijoratli chiqarilish muddatlari hozircha ma’lum emas.

Manba: http://techon.nikkeibp.co.jp

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq