“O‘zbektelekom” АК “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filialining optik tolali aloqa liniyasi qurish bo‘yicha ob’yekti foydalanishga qabul qilindi
22.12.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasining qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan Inspektsiyaning Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan joriy yilning dekabr oyida “O‘zbektelekom” АК “Telekommunikasiya transport tarmog‘i” filialining Farg‘ona viloyatidagi qurilishi tugallangan ob’yektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyasi ishida ishtirok etildi.
Topshirilgan hujjatlar to‘plamini tahlil qilish hamda joyiga chiqib o‘rganish natijasi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Inspektsiya tomonidan tegishli xulosalar berildi.
“O‘zbektelekom” АК “Telekommunikasiya transport tarmog‘i” filiali tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin, vakolatli organlarning xulosalariga asosan optik tolali aloqa liniyasi ob’yekti foydalanishga qabul qilindi.
Shu kabi telekommunikatsiya ob’yektlarini ishga tushirilishi bilan zamonaviy axborot-kommunikasiya xizmatlari keng ko‘lamda ko‘rsatilishi uchun zamin yaratiladi.