Yerevanda radiochastotadan samarali foydalanish muhokama qilinmoqda
15.12.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

12 dekabrda Yerevan shahrida (Armaniston) MDH davlatlarida spektrni boshqarish bo‘yicha ilk anjuman o‘z ishini boshladi. ForumGlobal tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tadbir Armaniston Respublikasining Transport, axborot texnologiyalari vazirligi ko‘magi bilan o‘tkazilmoqda.

Anjumanda MDH ning 10 mamlakatidan aloqa sohasi ma’murlari, tegishli vazirlik hamda idoralar, shuningdek telekommunikatsiya operatorlari, soha uchun uskuna ishlab chiqaruvchilar, ilmiy-loyihalashtirish institutlari, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari, Xalqaro elektraloqa ittifoqi vakillari ishtirok etdilar.

Mamlakatimizda vazirlik hamda tizimdagi «UNICON.UZ» hamda Elektromagnit moslashuv markazi mutaxassislari ushbu anjumanda qatnashmoqdalar.

Tadbirda Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa byurosi rahbari Fransua Ransi, mutaxassislari, assotsiatsiya vakillari, yirik mobil aloqa kompaniyalari rahbarlari, radio-uskuna ishlab chiqaruvchilari ma’ruza qildilar.

Anjuman doirasida radiochastota spektridan foydalanishni boshqarish, yerusti radioaloqa tizimining radiochastota spektridan foydalanish, raqamli TV ga o‘tish hamda 5G aloqa texnologiyasida foydalanish uchun 700 MGs/800 MGs chastota polosalarini taqsimlash, IoT (internet-buyumlar) texnologiyasida ulanish uchun kerakli shart-sharoitni yaratish, radioaloqaning fazoviy tizimlari bo‘yicha radioto‘lqin spektrlaridan foydalanish, shuningdek 2019 yilda o‘tkaziladigan Butunjahon radioaloqa anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Konferensiya 14 dekabr kuni o‘z ishini yakunlaydi. Undan so‘ng Xalqaro elektraloqa ittifoqining radioaloqadan foydalanish reglamentlariga bag‘ishlangan mintaqaviy seminari faoliyatini boshlashi ma’lum qilingan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq