TATU va KOICA istiqbolli loyihani amalga oshiradi
15.12.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

13 dekabr kuni vazirlikda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda vazirlik rahbariyati hamda agentlikning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Son Song Il boshchiligidagi Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan KOICA mutaxassislari ishtirok etdilar.

KOICA mutaxassislari universitetda bo’lib, tashkilot tomonidan amalga oshirilishi belgilangan «AKT orqali Toshkent axborot texnologiyalari universitetining innovatsion ta’limiy muhitini rivojlantirish» loyihasini yaqindan o’rganishdi.

Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirish rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, har ikkala tomon axborot texnologiyalari, jumladan masofaviy ta’lim rivojlantirish bo’yicha o’zaro hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari xususida takliflarini bildirdi. Qayd etilganidek, TATU va KOICA o’rtasidagi hamkorlik O’zbekistonda jahon standartlariga mos malakali kadrlar tayyorlash uchun zamin yaratadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq