Vazirlik qoshidagi IT-maktab 10-sinf o’quvchilari o’rtasida tanlov e’lon qiladi
12.12.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Vazirlik qoshidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2017-2018 o‘quv yili uchun 10-sinf o‘quvchilarini qabul qilish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

1. Maktab direktori nomiga ariza;
2. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport nushasi;
3. 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
4. Yashash joyidan ma’lumotnoma;
5. 3×4 hajmda 6 ta fotosurat;
6. 9-sinfni bitirganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma nushasi;
7. Ota va ona pasporti nushasi.

Tanlov MATEMATIKA, FIZIKA, INGLIZ TILI fanlaridan yozma shaklda o‘tkaziladi.
Tanlov davlat (O‘ZBEK) tilida o‘tkaziladi.
Hujjatlarni qabul qilish Ixtisoslashtirilgan maktab binosi 1-qavatida amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab manzili:
Mirzo Ulug‘bek tumani,Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy.
Ixtisoslashtirilgan maktab telefon raqami: 262-48-87

Hujjatlar 2017 yil 30 dekabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlov Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida ushbu universitetga kirish imtihonlari kabi bevosita videokuzatuvlar o‘rnatilgan holda Inha universiteti va Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq