InstruMMentsdan Olie – aqlli chirog‘i ovoz bilan boshqariladi
10.12.2017
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Google Assistant yoki Alexa qurilmalari kabi Olie aqlli chirog‘i ovoz bilan boshqariladi. Boshqacha aytganda, mazkur stol lampasi shaxsiy yordamchi funksiyasiga ega. Lampa — roboti: pol ustiga qo‘yiladigan, taglik lampalar (torsher) kabi va stol lampasi singari bir necha versiyalarda taqdim etilgan.

Ularning har biri turli ranglarda va alyuminli korpuslarda ishlab chiqarilgan. Stol lampasi kiritilgan Qi quvvat qurilmasiga ham ega, kom­paniyadan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon va boshqa shaxsiy gadjetlarga tez quvvat olishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Shaxsiy yordamchiga pul sarflashni istamaydiganlar uchun esa, simsiz quvvat olish qurilmasiga ega stol lampasi ham mavjud. Olie korpusining yuqori qismida joylashgan sensor tugmasi yordamida qo‘lda boshqariladi va ovozli boshqaruv uchun to‘rtta mikrofon jamlanmasiga ega. Olie Lampda ommaviy Amazon yoki Google raqamli yordamchisi bilan mujassamlangan ovozli boshqaruv qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum qilingan. Shu tariqa, ishlab chiquvchilar Olie Lamp foydalanuvchilari o‘rtasida o‘zaro munosabatni og‘zaku buyruqlar vositasida amalga oshirishni taklif etmoqdalar. Biroq agar shunday variant ayrim vaziyatlarda maqbul kelmasa, mobil ilova orqali ham boshqaruvni sozlash mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq