Germaniyada bolalar uchun aqlli soatlarni taqiqladilar
10.12.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Germaniyada mahalliy boshqaruvchi tomonidan bolalar uchun aqlli soatlar ruxsat etilmagan kuzatish qurilmasi sifatida taqiqlandi. Ayrim bolalar uchun aqlli soatlar modellari o‘yinchoqqa o‘xshash bo‘lsada, ota-onalarga bolaning qayerdaligini ma’lum qilish imkonini beradi.

Bu esa so‘zlashuvlarni ruxsatsiz yozish taqiqlanadigan mahalliy qonunchilikka muvofiq kelmaydi. Jumladan, ota-onalar dars vaqtida o‘qituvchi nima deyayotganligini tinglash mumkinligi ma’lum qilingan. Bunda o‘qituvchi va hatto bolalar­ning o‘zi mazkur vaqtda soatga kiritilgan mikrofon ishlab, unga ota-onalar quloq solayotganlarini hatto xayollariga ham keltirmaydilar. Germaniya Federal tarmoq agentligi nafaqat bolalar aqlli soatlar sotuvini taqiqladi, balki ilgari sotib olgan ota-onalarga ularni yo‘q qilib tashlashni tavsiya etmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq