Vitastiq 2 organizmdagi vitamin va minerallarni o‘lchash qurilmasi
09.12.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Ilgari tibbiy kabinetlarga katta qurilmalar joy egallab turardi va ular orqali uzoq vaqt mobaynida hamda aniq bo‘lmagan holda, bemor organizmidagi vitaminlar va minerallar darajasini tekshirish va ol‘chash mumkin edi. Vitastiq 2 shaklidan tayoqcha yoki sharikli ruchkani eslatadi. Korpusining asosiy materiali – zanglamas po‘latdan ishlangan. Gadjetning bir uchi o‘tkirlangan bo‘lib, sterjenning uchiga o‘xshaydi: aynan u titandan ishlangan o‘lchovlarni o‘tkazuvchi datchikdir. Vitastiq 2 juda ixcham, uni har yerda olib yurish mumkin.

Vitastiq 2 – bu organizmidagi vitaminlar va minerallar darajasini ol‘chash uchun shaxsiy simsiz qurilmadir. Vitastiq 2 bluetooth yordamida mobil qurilma bilan sinxronlashtiriladi va foydalanuvchiga organizmi haqidagi aniq ma’lumotni uzatadi. Gadjet organizm me’yoriy funksiyasi uchun zarur bo‘lgan undagi 30ta vitaminlar va minerallar darajasi haqida ma’lumot beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchi organizmidagi vitaminlar va minerallar darajasini ol‘chashdan keyin olingan natijaga asosan organizmni yanada mustahkamlash bo‘yicha maslahatlar oladi. Ol‘chash usuli og‘riqsiz amalga oshiradi va uni istalgan vaqtda o‘tkazish mumkin.

Vitastiq 2 smartfonga bluetooth yordamida ulanadi. Ish boshlash uchun Vitastiq ilovasini saqlab olish va individual profilni sozlash kerak. Uning jamlanmasida yo‘riqnomasi ham mavjud bo‘lib, unda tananing qanday nuqtalarida o‘lchov olish zarurligi haqida batafsil bayon etilgan. Aniq ma’lumot olish uchun tanadagi mazkur nuqtalar o‘rniga spirt surtish kerak. Ilovada nuqtalarni topish uchun aniq yo‘riqnoma va tekshiruv natijalari beriladi. Istalgan vaqtda va joyda tekshirish o‘tkazish mumkin. Vitastiq 2 dan butun oila foydalanishi mumkin, sababi tekshiruv usuli invaziv emas (ignasiz va jarrohlik asbobisiz) va og‘riqsizdir.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq